Surunkali limfoleykozning laborator diagnostik usullari.
SLLning diagnostikasi nafaqat umumklinik (gemogramma, qon bioximiyaviy tahlili,
gemostaziogramma) balki maxsus tekshirish usullari (miyelogramma, ayrim hollarda-
trepanobiopsiya, leykotsitlarni sitoximik tekshirish, sitogenetik tahlil, immunofenotiplash,
ko‘rsatmaga asosan- polimeraza zanjirli reaksiya usulida molekulyar-biologik tekshirish)larga
asoslanadi. Limfoid hujayralarning morfologik, immunofenotip va molekulyar-genetik belgilari
yetilgan hujayralarning (B-, T- limfotsitlarning klonal proliferatsiyasi va tabiiy killer hujayralar)
o‘smali limfoproliferativ kasalliklarini nafaqat diagnostikalash, balki shu guruh ichidagi
kasalliklarni aniq qiyosiy tashxislash imQonini beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |