Suyak ko‘mikli formasi- birinchi marta o‘sma 1937 yilda Ye.Storti tomonidan o‘rganilgan.
Kam uchraydi. O‘sma substrati trepanatda gomogen yadroli xromatinli yetilgan limfotsitlar diffuz
tarqalganligi ko‘rinadi. Bu formada tez rivojlanuvchi pansitopeniya xarakterli. Limfa tugunlar va
talloq kattalashmagan. Sarkomaga o‘tishi noma'lum, immunofenotipi o‘rganilmagan.
Prolimfotsitar formasi- 2001 yil VOZ klassifikatsiyasiga kiritilgan. Umumiy qon tahlilida
leykotitsioz baland emas, qon surtmasida prolimfotsitlar aniqlanadi. Qisman limfoadenopatiya,
taloq kattalashgan. B-hujayrali surunkali limfoleykozning prolimfotsitar formasida ayrim hollarda
monoklonal sekretsiya (odatda- IgM) bo‘ladi. SLL uchun xos bo‘lgn immunofenotip aniqlanadi.
Biroq CD23 bo‘lmaydi. T-hujayrali surunkali prolimfotsitar leykoz bilan qiyosiy tashxislanadi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |