Rivojlanib boruvchi formasi- bemor o‘zini yaxshi his qilishiga qaramasdan limfa tugunlar
o‘lchami va leykotsitoz (100- 200x109/l va undan baland) oyma-oy oshib boraveradi. Avval bo‘yin
va o‘mrov osti, keyin qo‘ltiq osti limfa tugunlari kattalashadi, Qonsistensiyasi xamirsimon. Mantiy
zona hujayralari limfomasi bilan qiyosiy tashxislanadi. Bunda intoksikatsiya belgilari bo‘lmaydi,
jag‘ osti limfa tugunlari kattalashmaydi, t(11;14) translokatsiyasi va D1 siklin giperekspressiyasi
kuzatilmaydi, lekin o‘sma hujayralari yuzasida CD23+ tashiydi. 1-3% hollarda sarkomaga o‘tish
xavfi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |