Limfa tugunlar punksiyasi. SLLni boshqa kasalliklardan qiyosiy tashhis qilishda qo‘llaniladi.
SLL uchun limfotsitlar proliferatsiyasi xarakterli. Punktat yetilgan kichik limfotsitlardan iborat
bo‘ladi. Kasallik og‘ir kechishida va asoratlar berganda prolimfotsitlar va limfoblastlar aniqlanadi .
Taloq punksiyasi. Bu usul SLL kasalligida kam hollarda qo‘llaniladi (limfa tugunlari
kattalashmasdan kechadigan va aniq morfologik belgilari bo‘lmagan aleykemik limfoleykozda).
Kasallikda taloq kattalashishi kuzatiladi. SLLda taloq sitogrammasida limfotsitlar va prolimfotsitlar
miqdori oshishi kuzatiladi. Punktatda limfotsitlar miqdori 90-98% tashkil qiladi. Aynan mana shu
farq qiluvchi belgi “leykemik limfoleykoz” tashxisini qo‘yishga yordam beradi