O‘simlik yog‘larining tarkibi Sanoat usulida olingan o‘simlik moylari
uchglitserid, (uchatsilglitserol) yog‘ kislotalarining aralashmasidan hamda, yog‘
bo‘lmagan aralashmalardan va hamroh moddalardan iborat.
Rafinatsiyalanmagan yog‘ tarkibida yog‘ bo‘lmagan aralashmalarga mexanik
aralashmalar (qovurilgan mag‘iz, shrot bo‘laklari va h.k.), namlik, zaharli ximikatlar
va h.k. moddalar kiradi. Zaharli ximikatlarning bo‘lishi shu bilan izohlanadiki,
kishlok xo‘jaligida o‘simliklarni turli zararkunandalari va kasalliklar bilan kurashda
turli zaharli ximikatlar (pestitsidlar, gerbitsidlar va x.k.) keng ishlatiladi, bu esa
o‘simlikning yog‘li to‘qimalarida yig‘ilib boradi va yog‘ bilan birga ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |