Mayonez pastasini tayyorlash. Aralashtirgichlarning biriga 90-100
0
C li suv
quyiladi va gorchitsa kukuni solinadi. Gorchitsa kukuni: suv nisbati 1: (2-2,5)ga teng
bo‘lishi kerak. Bir hil jismli modda hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. So‘ngra 35-40
0
C
li suv, quruq sut, soda va shakar qo‘shiladi. Quruq sut: suv nisbati 1:3 ga teng
bo‘lishi lozim. Keyin aralashtirgichni ishlatib g‘ilofiga bug‘ beriladi.
Komponentlarning yaxshi erishi uchun haroratni 90-95
0
C gacha yetkazib 20-25 minut
davomida ushlab turiladi. So‘ngra aralashmani 40-45
0
C gacha sovitiladi.
Ikkinchi aralashtirgichga tuxum kukuni va 40-45
0
C li suv beriladi. Ularning
nisbati 1:2 ga teng bo‘lishi lozim. Aralashtirib, 60-65
0
C gacha isitilib, 20-25 minut
davomida ushlab turiladi. Keyin 30-40
0
C gacha sovitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |