Vetinariya 2016. pmd



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/75
Sana08.09.2021
Hajmi2,62 Mb.
#168151
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
veterinariya jarrohligi

Suyak sinishi

Suyaklarning sinishi – bu suyaklar butunligining buzilishi

bo‘lib, turli mexanik ta’sirlar (hayvonni urish, uning yiqilishi, unga

o‘q tegishi) tufayli paydo bo‘ladi. Suyaklar har xil sinadi:

a) to‘qimalarning shikastlanishiga qarab suyak sinishi ochiq va

yopiq bo‘ladi;

b) suyakning singan joyiga qarab epifizar, diafizar va metafizar

turlarga bo‘linadi;

d) ayrim sinish bunda darz ketish, ko‘ndalang sinish,spiralga

o‘xshab sinish,parchalanib sinish va majag‘lanib ketishlar kiradi. Su-

yakning singan qismlari bir-biridan ajralgan bo‘lsa to‘la sinish deyiladi.

Bu eng ko‘p uchraydigan va og‘ir travmatik shikastlanishlardan biri-

dir. Sinishlar tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tug‘ma sinishlar

ona qornida paydo bo‘ladi, ya’ni bo‘g‘ozlik davrida ona qornining

shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Tug‘ish vaqtida,ya’ni akusherlik

yordami ko‘rsatilganda homila suyagi sinsa, bu orttirilgan sinishga kiradi.

Bundan tashqari yana infeksion jarayonlar va o‘smalar ta’sirida suyaklar

buzilishi mumkin. Agar suyak sinib, ustidagi teriga zarar etmasa –

yopiq, teri butunligi buzilsa – ochiq sinish deb ataladi.

Suyak singanda birinchi yordam ko‘rsatish. Suyak singanda

terining qanday shikastlanganligi (ochiq yoki yopiq sinish)ga




62

qarab birinchi yordam ko‘rsatiladi. Yopiq sinishlarda birinchi

yordam ko‘rsatilganda ehtiyotlik bilan sinib ketgan suyaklar

to‘g‘ri holatga keltiriladi va uni vaqtincha qimirlamaydigan qilib

bog‘lab qo‘yiladi (shina qo‘yib bog‘lanadi). Ochiq sinishlarda

birinchi yordam ko‘rsatilganda shikastlangan terining atrofiga yod

nastoykasi surtiladi. Keyin aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Tashqariga

chiqib turgan suyak parchasi bo‘lsa operatsiya vaqtida tozalanib,

keyin o‘z o‘rniga kiritiladi. Suyak ochiq singan bo‘lsa, avval

shikastlangan joyga antiseptik dorilar qo‘yib bog‘lanadi, keyin

immobilizatsiya qilinadi.

Ostit – suyak yallig‘lanishi. Ostitning o‘zi juda kam uchraydi.

Ko‘pincha  suyakning hamma elementlarining yallig‘lanishi (endost,

suyak iligi yallig‘lanishi) kuzatiladi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish