operatsiya chizig‘i umumiy hisoblanadi: 1. Dabba teshigi keng, lekin
dabba ichidagi narsa uning xaltasiga yopishib qolgan bo‘ladi. Unda
olinadi. Dabba teshigi chekkasidan terini 2–4 sm siljitib, dabba
rasm). Agar dabba teshigi tor, yopishgan bo‘lsa, uni to‘g‘rilashning
kengaytiriladi. Dabba xaltasini ichkariga kiritib, keyin kesilgan jarohat
tikiladi. Dabba teshigi orqali chap qo‘lni kirgizib, barmoq nazorati
pardasini teshmaslikka harakat qilinadi. Ignani sanchib o‘tkazish
bajariladi. Ligatura o‘tkazib tortilgandan so‘ng dabba teshigi chetlari
yopishib burma shakliga ega bo‘ladi. Tikish materiali uchun iðak yoki
59
kapron ishlatiladi. 10 kundan keyin o‘tkazilgan ligatura olib
tashlanadi. 2. Dabba xaltasida rezeksiya o‘tkazish (noto‘g‘ri bitish,
yo‘g‘onlashishda). Bu holda operatsiya quyidagicha olib boriladi, dabba
xaltasini qo‘l bilan atrof to‘qimalardan ajratib ushlab, uning halqasi
chetidan 1,5–2 sm naridan sirkulyar kesiladi va yopishib qolgan
joyni ajratib, xalta ichidagi narsa qorin bo‘shlig‘iga kirgiziladi. Dabba
teshigi tikiladi. Bu operatsiyani bajarish uchun qorin bo‘shlig‘iga
ko‘rsatkich barmoq kirgizilib uning nazorati ostida dabba teshigi
atrofiga halqasimon chok o‘tkazib tikiladi. Dabba terisining chetidan
2–3 sm uzoqlikda igna o‘tkaziladi. Teriga uzlukli chok qo‘yib tikiladi.
10 kun o‘tgandan keyin o‘tkazilgan ligatura olib tashlanadi. 3. Dabba
teshigini alloplastika (mato) yordamida yopish. Bu usulni bajarish
uchun kapron-lavsanli material qo‘llaniladi. Dabba xaltasini
tashqariga chiqarib uning ichidagi bor narsa teshigiga mo‘ljallab, unga
munosib to‘qima parchasini kesib bichiladi, chetlari dabba teshigidan
2–3 sm tashqari turishi kerak. Keyin dabba xaltasi atrofidan kapronli
ið bilan uzlukli chok tashlab tikiladi. Teri jarohati ham uzlukli chok
bilan tikiladi. Operatsiya jarohati birlamchi bitish orqali bita boshlaydi.
O‘rnatilgan sun’iy material yaxshi moslashib, dabba teshigini qattiq
yopishda xizmat qiladi. Teri jarohati chetlariga tugunli chok o‘tkazib
tikiladi.
To‘g‘ri ichakni operatsiya qilish. Ko‘rsatma. To‘g‘ri ichak tashqariga
tushganda (prolyapsus) va uni bartaraf qilishning iloji bo‘lmaganda
tashqariga osilib chiqqan qismi nekrozga o‘tishi sababli radikal usul
qo‘llanadi.
Fiksatsiya. Yirik mollar tik turgan vaziyatda, mayda hayvonlarni
yon tomoni bilan operatsiya stoliga yotqiziladi.
Og‘riqsizlantirish. Yirik mollar uchun dumg‘azani, mayda
hayvonlarda yuzaki–to‘g‘ri ichakning tashqariga chiqqan qismi 5 %
li novakain eritmasi shimdirilgan tampon bilan namlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: