9-mavzu. Qorin va to‘g‘ri ichak kasalliklari
Kindik dabbasi – kindik teshigidan charvi va ichki organlarning
chiqib qolishiga kindik dabbasi deyiladi. Tug‘ma dabba kindik
teshigining bitib ketmasligidan paydo bo‘ladi. Keyinchalik paydo
bo‘ladigan dabba qorin devorining shikastlanishi (lat eyish, yiqilish
va hokazolar) va qorin ichi bosimining ortib ketishi tufayli bo‘ladi.
Dabba ko‘pincha toy va cho‘chqa bolalarida uchraydi.
Klinik belgilari. Hayvon kindigida yarimsharga o‘xshash yumshoq
va og‘rimaydigan shish paydo bo‘ladi. Bu shishni bosib va ezib
ichidagi narsalarni (charvi, ichak qovuzloqlarini) qorin bo‘shlig‘iga
kiritib yuborish mumkin, bunda dabba xalqasini ushlab ko‘rsa bo‘ladi.
Qaytib ketmaydigan dabba bunday bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |