IV bo‘lim
OFTALMOLOGIYA
1-mavzu. Ko‘z kasalliklari
Anatomotopografik ma’lumotlar. Ko‘zlar kallaning ko‘z
kosalarining orbitalarida joylashgan bo‘lib, ichkari tomonidan
konusga o‘xshash fibroz parda – periorbita bilan qoplangan, o‘zining
tashqi asosiy chekkasi orbitaning qirrasiga, uchi bo‘lsa ko‘zning
ko‘rish teshigi yoki ko‘z yorig‘i atrofiga birlashgan periorbita ko‘z
olmasi, ko‘z tomir, nerv va atrof muskullarini hamma tomonlama
o‘rab olgan. Periorbita qavati ko‘pincha tashqi tomondan
ekstroorbital yog‘ moddasi bilan qoplangan. Orbita bo‘shlig‘iga kirish
qovoqlar yordamida chegaralanadi. Ular hisobidan hosil bo‘lgan
ichki burchak oralig‘ida ko‘z yosh burmasi va uchinchi qovoq
(kon’yunktiva burmasi va tog‘ay) qo‘shilgan.
Ko‘z olmasi. Ko‘z olmasini tortuvchi muskuli bilan birga xususiy
fassiya o‘raydi va peribulbar (tenonov) bo‘shlig‘ini hosil qiladi.
Qon bilan ta’minlanishi. Asosan ko‘z yosh arteriyasidan yuqori
qovoqning tashqi qismi va ko‘z yosh bezi ichki tomoni esa ko‘z osti
arteriyasi tarmog‘i bilan ta’minlanadi. Bu tarmoqlar birga qo‘shilib
qovoqning tashqi qirrasida ko‘z arteriya kamonini tashkil qiladi.
Innervatsiya. Orbitaning sezish qobiliyatini asosan, yuqori jag‘
nerv tarmoqlari: ko‘z yosh, yuqori qovoq va ko‘z yosh tepacha-
larining g‘altaksimon nervlari ta’minlaydi, pastki qovoqqa esa ko‘z
osti va yanoq nerv tarmoqlari, qovoq muskullariga esa yuz nervi
tarmoqlari tarqaladi.
Kon’yunktivit. Ko‘zning shilliq pardasi yallig‘lanishi kon’yunktivit
deyiladi. Kon’yunktivit hamma turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida
uchrab turadi.
Sabablari. Bu kasallikning paydo bo‘lishiga mexanik ta’sirlar (lat
yeyish, yot jismlar kirishi), qovoqlarning qayrilib qolishi,
parazitlardan telyaziya va boshqalar, kimyoviy moddalar ta’siri (ohak
changi, molxonalarda ammiak gazi ko‘payishi, o‘tkir ta’sir
69
qiladigan surtma, ishqor, kislota va boshqalar), shuningdek, infek-
sion kasalliklar (itlarning o‘lat kasalligi, otlarning soqov kasalligi,
kontagioz plevropnevmoniya va boshqalar) sabab bo‘ladi.
Klinik belgilari. Kataral kon’yunktivitda hayvon ko‘zidan yosh
oqadi, yorug‘likka qaray olmaydi, kon’yunktiva shishadi va qizaradi.
Yiringli kon’yunktivitda–kon’yunktiva nihoyatda shishib ketadi,
ko‘zning ichki burchagidan yiring chiqib turadi, ba’zan qovoqlarning
chetlarida va kon’yunktivada eroziya va yarachalar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |