Amaliy mashg‘ulot.
Hayvonlarda tuyoq kasalliklarini tekshirishda birinchi navbatda
hayvonning xulqi va o‘ziga xos bo‘lgan boshqa odatlarini (tishlash,
oldingi oyoq bilan tepish, orqa oyoqlarida tikka turish va boshqalar)ga
e’tibor berish zarur hisoblanadi va bu veterinardan doimiy ravishda
hushyorlikni talab qiladi. Orqa oyoqni fiksatsiya qilish uchun oldingi
oyoqdagi bog‘lamga halqa ilintirib, keyin undan uzun arqon o‘tkazib
bir uchini bo‘yin yoki dum ildiziga bog‘lanadi, ikkinchi uchini
ushlab tortilganda oyoq majburan yuqori ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |