Pereostit yallig‘lanish – suyak usti pardasining yallig‘lanishi.
Pereostitning quyidagi turlari farqlanadi:
a) etiologik belgilari bo‘yicha-travmatik va toksik yallig‘lanish;
b) klinik kechishi bo‘yicha–o‘tkir va surunkali;
d) patalogoanatomik o‘zgarishlari bo‘yicha–serroz, fibrinoz
yiringli;
e) tarqalishi bo‘yicha – chegaralangan, diffuz va ko‘paygan.
Amaliy mashg‘ulot.
Shinalar qo‘yish. Avval paxta, bint va shinalar (faner, yog‘och,
reyka, tunuka, sim to‘r va boshqa narsalardan qilinishi mumkin)
tayyorlab qo‘yiladi. Shinalar uzun, ya’ni ular suyak singan joydan
yuqoridagi va pastdagi bo‘g‘imlarni qo‘shib bog‘lab qo‘yadigan
uzunlikda bo‘lishi lozim. Singan joyning baland-past joylariga tekis
qilib paxta qo‘yiladi, ustiga bint qo‘yib bog‘lanadi, uning ustidan
esa shina qo‘yib, arqon yoki sim bilan bog‘lanadi. Shundan keyin
transportda veterinariya shifoxonasiga yuboriladi.
Giðs qo‘yish. Giðs bu 100–140 darajada qizdirilgan ohakdir.
Qizdirilgandan keyin u kukunga aylanadi, suv bilan aralashtirilsa
bo‘tqasimon massa hosil bo‘lib,tez qotib qolish xususiyatga ega.
Giðsli bog‘lamlar ko‘pincha oyoq, qo‘llar singanda qo‘llanadi. Giðsli
bog‘lam shikastlangan joyni qimirlatmasdan turib harakatlanishga
imkon beradi,ammo shikastlangan joy qimirlab tursa, uning
sog‘ayishi uzoq cho‘zilib ketadi.
Bunday bog‘lamlarni qo‘llash muddati ham har xil bo‘ladi. U
bir necha haftadan 1,5–2 oygacha va bundan ham oshiq olinmasligi
mumkin. Giðsli bog‘lamlarning quyidagi turlari mavjud:
63
a) olinadigan;
b) ko‘priksimon (uzun-uzun);
d) derazasimon;
e) langet-sirkulyarli.
Sirkulyar bog‘lam. Giðsli bint suv quyilgan tosga solinadi, bunda
suv sathining balandligi bint qalinligidan ikki hissa oshiq bo‘lishi
kerak. Bintni suvga sekin solinsa asta-sekin suvni o‘ziga singdirib oladi.
Bintdan havo pufakchalari chiqmasa u yaxshi bo‘kkan hisoblanadi,
keyin tosdan olib siqiladi. Bintni qattiq siqish mumkin emas. Bintni
siqqanda namlangan giðs chiqib ketmasligi uchun bintlarning har
ikkala uchi mahkam qilib tutiladi va bir boshdan o‘rtaga qaratib
siqiladi. Bint mahkam va noto‘g‘ri siqilsa, giðs oqib tushadi yoki
parcha-parcha bo‘lib qotib qoladi va tekis yotmaydi. Giðsli bog‘lam
odatda 5–10–15 daqiqa ichida qotadi. Bu muddat o‘tguncha tananing
shikastlangan qismi qanday holatda bog‘langan bo‘lsa,shu holatda
turishi kerak.
Derazasimon bog‘lam. Bu bog‘lam bilan oyoqlarni bog‘lash
mumkin. Yaraning katta kichikligiga qarab bog‘lamni yechmasdan
uning bir qismi kesiladi. Yarani bog‘laganda yiring va boshqa
ajralmalar bog‘lam tagiga oqib kirmasligiga e’tibor berish lozim,
buning uchun «deraza» atrofiga paxta, yaxshisi spirt yoki kolloid
eritmasidagi ishqorga ho‘llangan paxta qo‘yish qulay.
Shinali giðsli bog‘lamlar. Yara qimirlamaydigan qilib bog‘lanadi,
ko‘pincha Obuxov shinalari ishlatiladi. Shinalar ho‘l giðsli bint bilan
o‘rab bog‘lanadi. Bu oyoq, elka bo‘g‘imlarini ham yaxshi immo-
bilizatsiya qiladi.
5 –
64
Do'stlaringiz bilan baham: |