Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi


Tozalanish darajasiga qarab parafinlar quyidagi turlarga ajratiladi



Download 4,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/267
Sana06.09.2021
Hajmi4,98 Mb.
#165968
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   267
Bog'liq
mojlar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi

Tozalanish darajasiga qarab parafinlar quyidagi turlarga ajratiladi: 
 — tozalangan 
— tozalanmagan  
Parafin tarkibi: 
 
Tozalangan parafin zichligi% 880–915 kg/m³ (15°C). 
Eritish harorati 52–58 °C, 
Moylar: 0,5–2,3 % massa bo’yicha. 
  
*Texnik parametrlarning namunaviy ko’rsatkichlari keltirilgan. Ular mijoz 
talabiga asosan o’zgartirilishi mumkin.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


153 
 
23-mavzu. Yoqilg’ilar, texnik suyuqliklar va moylash materiallarini saqlash 
qoidalari.
 
 
Moddalarning atrof-muhitga ta’sir etish xarakteristikalari ODP, GWP va TEWI 
koeffistientlari  Moddalarni  ekologik  nuqtai  nazardan  taqqoslash  uchun  atrofmuhitga 
salbiy ta’sir ko’rsatish bo’yicha bir  nechta parametrlar  kiritilgan.  Bular: ODP, GWP 
va  TEWI  koeffistientlari.  ODP  koeffistienti  —  (Ozon  Depleting  Potential  ozon 
emirish  qobiliyati  OEQ),  XFU-11  sovitish  agenti  uchun  qabul  qilingan  solishtirma 
birlik bo’ Sovitish texnikasi Sovitish tizimlarining texnik xodimlari uchun ko’llanma 
,  20  kamayib  qolgandek  bo’ladi.  Aksincha,  agar  GWP  500  yilga  hisoblansa,  CO2ni 
ta’siri oshib  ketadi, qisqa  hayot kechiruvchi  gazlarni birinchi 20-50  yillikdagi ta’siri 
hisobga  ham  olinmay  qolinadi.  Shuning  uchun  adabiyotlardan  aniq  vaqt  intervali 
bo’yicha  to’g’ri  keladigan  GWP  indekslarini  qidirish  kerak.  Odatda  100  yillik  vaqt 
oralig’i  olinadi.  Hozirgi  kunda  muqobil  sovitish  agentlarini  va  sovitish  tizimlari 
konstrukstiyalarini tanlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bundan tashqari ozon 
qatlamini  emirish  qobiliyati  va  global  isishga  ta’sir  qobiliyatining  yo’q  bo’lishlik 
(ODP=0, GWP=0) talablari bilan bir qatorda sovitish tizimlarining energiya iste’moli 
ham  tanlov  kriteriylaridan  biri  hisoblanadi.  So’ngi  kriteriya  issiqxona  ta’sirini 
vujudga  kelishining  bilvosita  ta’sirchisidir.  Shuning  uchun  sovitish  tizimining 
umumiy  yig’indi  isitish  qobiliyatini  hisoblash  uslubiyati  ishlab  chiqilgan.  Shunga 
ko’ra  "TEWI"  (Total  Equivalent  Warming  Impact  yoki  “Global  isishga  umumiy 
ekvivalent ta’siri”) deb nomlanuvchi faktor joriy qilindi. Bunda natija harakatlantirish 
turi yoki energiya ishlab chiqarish natijasida vujudga keladigan CO2ning atmosferaga 
chiqarib  yuborilishi  bilan  tavsiflanadi.  Bu  bilvosita  ta’sir  sovuqlik  olish  uchun 
sarflangan har bir kilovatt-soat elektr enrgiyasini ishlab chiqarish vaqtida atmosferaga 
chiqarilgan  CO2ning  massasi  bilan  bog’liqdir.  Turli  tajribalar  shuni  ko’rsatdiki, 
termodinamik  tizimning  bilvosita  issiqxona  ta’siri  hissasi,  XFUni  to’g’ridan-to’g’ri 
tashlashdagi  ta’sir  hissasidan  ancha  yuqori  bo’lar  ekan.  Misol  uchun  XFU-12 
ishlatilgan va tarkibida XFU-11 bo’lgan  material bilan izolyastiyalangan uy-ro’zg’or 
sovitkichlarning  bilvosita  hissasi  termodinamik  tizimlardagi  issiqxona  ta’siriga 


154 
 
hissasining  80%ni,  tashlab  yuboriladigan  XFU  gazlar  esa  qolgan  20%ni  tashkil 
kiladi.  TEWI  hisoblashning  oxirgi  usullarida  qurilmani  yaratish  va  xavfsizlikni 
ta’minlashga  ketadigan  energiya  sarfini  ham  hisobga  olish  nazarda  tutilgan.  Bunda 
solishtirma  ko’rsatkichlar  qo’llaniladi.  Hamma  galogenouglerodli  sovitish  agentlari 
va tarkibida xlor bo’lmagan gidroftoruglerodlar (GFU) issiqxona gazlari hisoblanadi. 
Bu  moddalarning  chiqarib  yuborilishi  global  Sovitish  tizimlariga  xizmat  ko’rsatish 
asoslari  21  issiqxona  ta’siriga  o’z  hissasini  qo’shadi.  Atmosferadagi  eng  asosiy 
issiqxona  gazi  bo’lgan  CO2  ga  (suv  bug’iga  qo’shimcha  ravishda)  nisbatan  bu 
gazlarning  ta’sir  darajasi  yuqoriroq  hisoblanadi.  Misol  uchun,  agar  100  yillik  vaqt 
intervalini oladigan bo’lsak 1 kg R134a  ning atmosferaga chiqarib  yuborilishi,  1300 
kg CO2 ni chiqarib yuborilishiga ekvivalentdir (GWP100=1300). Bu faktlar sovitish 
agentlarini  chiqarib  yuborishni  kamaytirish  asosiy  vazifamiz  ekanligini  ko’rsatadi. 
Boshqa  tarafdan  qaralganda,  global  isishga  bevosita  hissa  qo’shayotgan  sovitish 
qurilmalari  energiya  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  bo’lgan  bilvosita  ta’sirni  ham 
keltirib  chiqarar  ekan.  Elektrostanstiyalarda  ko’p  miqdorda  qazib  olinuvchi 
yoqilg’ilarning  ishlatilayotganligi  Evropada  o’rtacha  1  kilovatt-soat  elektr  energiya 
olish  uchun  0,6  kg  CO2  ni  tashlamallariga  to’g’ri  kelmoqda.  Buning  oqibatida 
sovitish  qurilmalari  ishlash  davrida  issiqxona  ta’siriga  o’zining  juda  katta  hissasini 
qo’shib  kelmoqda.  TEWI  koeffistientini  hisoblayotgan  vaqtda  bevosita  va  bilvosita 
ta’sirlar birgalikda inobatga olinadi. TEWI CO2 massasi bilan aks ettirilgan quyidagi 
komponentlarning  umumiy  yig’indisiga  teng:  issiqxona  ta’sirini  hosil  qiluvchi 
gazning global isish qobiliyatiga to’g’ri keluvchi CO2 ning miqdori; energiyani olish 
jarayonida  CO2  ning  tashlamalar  miqdori.  Misol  uchun,  uy-ro’zg’or  sovitkichning 
TEWI  hisobi  quyidagicha:  Agar  poliuretan  izolyastiyasi  ko’pigi  tarkibida  "x"  kg  R-
141b,  sovitish  tizimiga  "u"  kg  R-134a  quyilgan  bo’lsa,  hamda  sarflanayotgan  elektr 
energiyani  ishlab  chiqarishda  «z»  kg  CO2  hosil  bo’lsa:  TEWI=  xGWPR-141b+ 
uGWPR-134a + z.
 
O’zbekiston  Respublikasida  ozon  emiruvchi  moddalarni  nazorat  qilish 
bo’yicha qonunchilik bazasiga "Tabiatni asrash bo’yicha" 1992- yil 9-dekabrda qabul 
qilingan  №754-XII  sonli  Qonuni  asos  bo’lib  xizmat  qildi.  Qonunning  20-bandi 


155 
 
"Atmosfera  havosidan  foydalanish  to’g’risida"giga  binoan:  "Vazirliklar  va 
boshqarmalar,  uyushmalar,  tashkilotlar,  korxonalar,  hususiy  korxonalarda  ozonga 
ta’siri bo’lgan kimyoviy moddalarni ishlatish va ishlab chiqarishni Sovitish texnikasi 
Sovitish tizimlarining texnik xodimlari uchun ko’llanma, 24 kamaytirish va kelajakda 
to’xtatish" ko’zda tutilgan. OEMni ishlatishni tartibga solishning keyingi rivojlanishi 
O’zbekiston  Respublikasining  1996-yil  27  dekabrdagi  “Atmosfera  havosini  himoya 
qilish  to’g’risidagi”  353-I-sonli  Qonunida  o’z  aksini  topdi.  Ushbu  qonunning  19-
moddasi  “tarkibida  ozonemiruvchi  moddalari  bo’lgan  mahsulotlarni  ishlatuvchi  va 
ta’mirlovchi  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  ularning  hisobini  va  ozonga 
xavfsiz moddalarga almashtirilishini ta’minlashi kerak” degan majburiyatni yuklaydi. 
O’zbekiston  Respublikasida  ozon  emiruvchi  moddalarni  nazorat  qilish  bo’yicha 
qonunchilik  bazasini  yanada  rivojlantirish  uchun  24.01.2000  yilda  "Ozon  qatlamini 
himoya  qilish  sohasidagi  shart  nomalari  bo’yicha  o’zbekiston  respublikasi  halqaro 
majburiyatlarni  bajarish  chora-tadbirlar  to’g’risida"  20-sonli  Vazirlar  Mahkamasi 
Qarori  qabul  qilindi.  Monreal  bayonnomasi  majburiyatlarini  bajarish  maqsadida 
2005-yil  11-noyabrda  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasining  247-sonli 
"Ozon  qatlamini  emiruvchi  moddalar  hamda  tarkibida  ular  mavjud  bo’lgan 
mahsulotlarni  o’zbekiston  respublikasiga  olib  kirish  va  o’zbekiston  respublikasidan 
olib  chiqishni  muvofiqlashtirish  to’grisida"gi  Qarori  qabul  qilindi.  Shuningdek, 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasi  tomonidan  25.05.2013  yilda  qabul 
qilingan  "2013-2017-yillarda  o’zbekiston  respublikasida  atrof-muhitni  himoya  qilish 
dasturi 
to’g’risida"gi 
Qarorining 
2-ilova, 
60-punktida 
"2013-2017-yillarda 
O’zbekiston  Respublikasida  atrof-muhitni  himoya  qilish  Dasturini  amalga  oshirish 
bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida" belgilab qo’yildi. 
Yuqoridagi  Qarorni  amalga  oshirishda  BMTTD/GEJning  "iqtisodiyoti  o’tish 
davridagi  mamlakatlar  xududida  gidroxlorftoruglerodlar(GxFu)dan  foydalanishni 
jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi" loyihasini O’zbekistonda amalga oshirish 
tadbiri kiritildi.  Loyihaning 2013-2015-yillarga  belgilangan  vazifalari O’zbekistonda 
2030-yilgacha GXFUni iste’molni boskichma-boskich qisqartirish va foydalanishdan 
chiqarishga qaratilgan.

Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish