22-mavzu. Parafinlarni va sterezinlarni ishlab chiqarish.
Neft moylari yuqori haroratda (300-800
0
S) qaynovchi fraktsiyalar bo‘lib,
ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq uglevodorodli
aralashmalari, oltingugurtli, azotli va kislorodli birikmalar hamda juda kam
miqdorda metallar (V,Ni,Fe,Cu) bo‘ladi.
Neft moylari distillyatli, qoldiq va kompaundirlangan moylarga bo‘linadi.
Neftdan moylarni olish yo‘li va sifatiga ko‘ra: oq moylar, izolyatsiya, konservastion
va surkov moylariga bo‘linadi.
Qishgi va yozgi motor moylari quyidagi markadagi bazaviy moylardan
tayyorlanadi: M-6 (AS-6)-distillyatli; M-8 (AS-8, DS-8)-distillyatli va qoldiq moylar
aralashmasi (14% dan kam emas); M-11 (DS-11)- distillyatli va qoldiq moylar
aralashmasi (30% dan kam emas); M-14 (DS-14) - distillyat va qoldiq moylar
aralashmasi (40% dan kam emas); M-16 (DS-16) - distillyat va qoldiq moylar
aralashmasi (50% dan kam emas); M-20 – qoldiq moylar. Avtomobillar uchun
selektiv tozalangan yuqori indeksli bazaviy moylardan quyidagi motor moylari
tayyorlanadi: ASV-6-distillyatli; ASV-10 distilyat va qoldiq moylar aralashmasi
(25% dan kam emas). Chuqur parafindan tozalangan past haroratda qotadigan ASV-5
va veretenli A4 bazaviy moylari hamma fasllarda va shimolda qo‘llanilishi mumkin.
Juda kam miqdorda kislota kontaktli va kislota – ishqorli tozalashdan oligan moylar
ishlab chiqariladi. Avtotraktor dvigatelari uchun ishlatiladigan zamonaviy motor
moylarida albatta prisadkalar bo‘ladi. Moylarni yuvuvchi va dispertsiyalovchi
xossalari, oksidlanishga qarshi, moylash va himoyalash xususiyatlari asosan ular
tartibidagi prisadkalarning miqdoriga va sifatiga bog‘liq. Moylarga asosan
(VNIING-360, DF-11, MNIIG-22 k va boshqa) ko‘p funktsional prisadkalar va
prisadkalar kompozitsiyasi qo‘shiladi. Ta’sir qilish mexanizmi va kimyoviy jarayoni
har xil prisadkalar aralashmasidan karbyurator va dizel dvigatellarida past va yuqori
haroratlarda qoldiq qolishini oldini oladigan universal ekspluatatsion xossali motor
moylari olinadi.
151
Parafinli (350
0
S - 460
0
S), avtol (460
0
S - 490
0
S) va silindr moylariga ajratiladi.
Jarayonning texnologik sxemasi quyidagi 6 - rasmda keltirilgan. Xom- ashyo
mazut 3 - pechda qizdirishga kiritishga qadar 2 ta oqimda ishlayotgan issiqlik
almashgichlar 28,29 va 22 dan 1 - oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqimdan o‘tadi,
so‘ngra 1 va 2 - issiqlik almashgichlarda qurilmadan chiqayotgan gudron issiqligi
hisobiga qizdirilib, 3 - pechga yuboriladi. Mazut 3 - pechda 435
0
S gacha qizdiriladi.
Mazutdan solyar, keng fraksion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajratishi uchun 6
- vakuum kolonna xizmat qiladi. Moyli fraktsiya 7 - yig‘gichda to‘planadi, gudron 5
- nasos yordamida kolonnadan chiqariladi. Solyar 4 - nasos yordamida yarim berk
tarelkadan 23 - issiqlik almashgich va 32 - sovutgichda sovutiladi, so‘ngra sovutilgan
solyar distillyatini bir qismi 6 - vakuum kolonnaga qaytariladi.
Qoldiq komponent kokslanish darajasi 1% bo‘lgan deasfaltizatdan
oqartiruvchi tuproq va deparafinlash, fenol yordamida tozalash bilan olinadi.
M-8B
1
moyini ekspluatatsion xossalarini yaxshilash maqsadida unga ko‘p
funktsional alkilfenol prisadkasi qo‘shiladi.
M-4
3
(AS3p-6-selektiv tozalangan qovushqoqli prisadkalar qo‘shilgan avtol)
moyi qishgi vaqtda shimoliy rayonlardagi avtomobillarda ishlatiladi. Bazaviy moy
sifatida parafinli, oltingugurtli neftlardan chuqur parafinlangan va selektiv tozalangan
AU vereten moyi ishlatiladi. Tovar moyi oksidlanishni oldini oladigan, yuvuvchi,
dispertsiyalovchi, yemirilishiga qarshi, korroziyaga qarshi prisadkalar kompozitsiyasi
va qovushqoqlikni yaxshilovchi polimer prisadkalar saqlagan bo‘ladi.
Parafindan neftga aloqador kimyoviy sanoatda yuvish va yuzaki faol
vositalarni ishlab chiqarishda, qog’ozni propitka qilish, sham va gugurt tayyorlashda
foydalaniladi, Elektrotexnikakada esa u plastik surtmalar, silliqlaydigan va himoya
materiallarini ishlab chiqishda qo’llanadi. Qo’llanilish sohasiga qarab parafinlar
quyidagi turlarga bo’linadi: texnik, tozalangan va oziq-ovqat sanoatiga
mo’ljallangan.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |