229
Butun dunyodagi millionlab kishilar suhbatlashish, maslaxatlashish hamda bahslashishni
xohlaydilar. Internetda bunday joy bor. Bu shunday joyki, u yerda odamlar g’oyalar va fikrlar
almashadilar, jamoa e’lonlarini osib qo’yadilar yoki yordam qidiradilar. Internetda ular Usenet
konferentsiyalari yoki shunchaki, konferentsiyalar deyiladi. Compu Serve da ular forumlar deyiladi.
Microsoft Netvork da ular BBS (Bulletin Board System - e’lonlar taxtasi) deyiladi. Lekin
konferentsiyalar forumlarga, BBS va e’lonlar taxtalariga nisbatan murakkabroq tuzilgan. Texnik
ma’noda emas, madaniy ma’noda. Konferentsiyalar rasmiy qoidalarga ega emas, maxsus kishilar
nazorat qilishligi uchun. Ular norasmiy qoidalarga bo’ysunadi, konferentsiya qatnashchilarining
o’zi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, konferentsiyalarda butun dunyoning har xil
madaniyatli vakillari uchrashishadi. Bu Siz va bizga o’xshagan, dunyoning millionlab kishilari
muloqot qilish usullaridan biridir.
SHunday qilib, Usenet foydalanuvchilarga turli mavzularga xos hammabop xabarlar bilan
almashish imkoniyatini beruvchi, kompьyuterlar majmuidir. Bunday xabarlar shaxsiy almashuvga
emas, ochiq muhokama uchun mo’ljallangan.
Usenet xabarlari xat (Article) deyiladi. Xatlar mavzular bo’yicha yangiliklar guruhlariga
(Newgroups) guruhlanadi.
Xatlar va yangiliklar guruhlari majmuyi
yangiliklar deyiladi.
Har bir Usenet-kompьyuter xatlar ma’lumotlari bazasini saqlab turadi, u qo’shni
kompьyutrlar bilan xatlar almashish yo’li bilan yangilanib turadi. Usenet cheksiz darajada ko’p
mavzulardagi telekonferentsiyalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kunda 4,500 dan ortiq
telekonferentsiyalar mavjud bo’lib, ulardan har biri ma’lum mavzu bilan shug’ullanadi. Balki bu
yerda biror bir shaklda taqdim qilinmagan mavzu yo’q bo’lsa ham kerak. Siz butun dunyodagi
kulinar retseptlarini almashishingiz, biologik izlanishlarning yangi uslublarini muxokama
qilishingiz yoki turli xil sayoxatlar haqida taassurotlar bilan tanishishingiz mumkin. Usenet hech
qanday mavzuviy cheklanishga ega emas. Mavjud telekonferentsiyalar mavzulari haqida taxminiy
taassavur hosil qilish uchun, ular har xil kategoriyalarning ierarxik tuzilmasi shaklida tashkil
qilinadi. Bunda yuqorigi daraja yettita rubrikani tashkil qiladi. Ularning har biri yuzlab
gruppachalarni o’z ichiga olib. daraxtsimon tuzilmani hosil qiladi. Quyidagi jadvalda ana shu asosiy
rubrikalar keltirilgan:
4-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: