Jismoniy mehnatning qon aylanishiga ta'siri
Jismoniy mehnat uchun kerakli energiy^a organik moddalarning oksidlanishi
natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun jismoniy mehnat vaqtida organizmning
kislorodga bo'lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli
ish paytida faol a'zolarning qon bilan ta'minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi
kerak. Bu asab va gumoral yo'llar bilan boshqaraladigan yurak-tomir tizimi
faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida
amalga oshiriladi. To'qimalarni qon bilan ta'minlash jarayoni ishdan oldihroq (start
oldidan) boshlanadi. Bo'lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurak-tomir va
mushaklarning bajariladigan ishga tayyorgarligi, ular faoliyatining bajariladigan
ishga nisbatan o'zgarishi reflektor yo'li orqali yuzaga chiqadi. Bunday funksional
qayta qurish bosh miya yarim sharlari po'stlog'i va., gipotalamusdan kelayotgan asab
impulslari orqali o'tadi bu faoliyatningasosida tashqi va ichki muhitdan ta'sir
ko'rsatuvchi turli ta'sirlovchilarga javoban shartsiz va shartli reflekslar mexanizmlari
yotibdi.
Jismoniy ishga tayyorgarlik (start oldi) vaqtida simpatik asabning markazlari
qo'zg'aladi, buyrak usti bezining faoliyati oshib, yurak faoliyatini kuchaytiradi, qonni
qayta taqsimlash jarayonini o'zgartiradi va arterial qon bosimi oshadi. Organizmning
bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo'lib, skelet mushaklari, yurak
va o'pka qon aylanishini kuchaytiradi.
Ishning boshida qon aylanishi boshqariluvida qo'shimcha reflektor, gumoral va
jismoniy omillar ishga solinadi. Bosh miya po'stlog'i tomonidan harakat samaraor
apparatiga asab impulslari yuboriladi, shu bilan birga vegetativ asab tizimi o'z ta'sirini
o'tkazadi. Buning natijasida, simpatik asab markazlari qo'zg'aluvchanligi yanada ham
oshadi, parasimpatik (adashgan) asab markazlajr qo'zg'aluvchanligi esa keskin
susayadi. Shu vaqtning o'zida ishlovchi mushaklar arteriolalari va kapillarlari
kengayadi, hozirgacha mehnat jarayoniga jalb bo'lmagan katta va kichik qon tomirlari
ishga solinadi, ya'ni mahalliy qon aynalish jarayoni to'liq ishga solinadi. Biroq,
ishlovchi mushaklar qon tomirlarining kengayishi bilan bir qatorda qorin bo'shlig'ida
joylashgan va mehnat jarayonida passiv ishtirok etadigan a'zolar qon tomirlari
torayadi.
Yurak - tomir faoliyatining mehnat vaqtida o'zgarishi reflektor yo'l bilan amalga
oshiriladi,
asab
impulslari
harakat
apparatining
proprioretseptorlari
va
xemoretseptorlardan kelib, qon va boshqa to'qimalarda hosil bo'lgan turush moddalar
borligidan xabar beradi.
Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushaki qisqarish qobiliyati oshgani sababli
yurakning sistolik qon hajmi ortadi. Shiddatli jismoniy mehnat natijasida sistolik qon
hajmi bir daqiqada-120-140 ml, yurak qisqarish tezligi 200 gacha va undan ham
ko'proqqa yetadi. Daqiqali qon hajmi 25-30 1 gacha, qonning skelet mushaklariga
quyilishi 22-25 1 gacha oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |