Tashqi muhit omillarining qon aynalishiga ta'siri
Tashqi muhit harorati odam. organizmig^ muntazam. ta'sir ko'rsatib turadi. Odam o'zi
49
yashaydigan muhit haroratiga moslashib tupadi. Buning natijasida organizmda
moddalar almashinuyi natijasida hosil bo'ladigan energiyaning tashqariga
ajratiladigan qismining miqdpri tashqi muhit haroratiga qarab o'zgaradi. Shu bilan
organizm issiq va sovuq sharoitda tana haroratini doimiy ravishda saqlab turadi.
Issiq vaqtda yurak faoliyati kuchayadi. Bu sharoitda tana harorati 37,3-37,6°S
ko'tarijsa, yurakning bir daqiqali urishi 20 martaga ortadi. Bu isib ketishning birinchi
darajasi deyiladi. Organizm isishi davom etib, harorat 37,3-38,4"S ga yetsa, yurak
urishi tezligi bir daqiqada 120 tani tashkil qiladi. Bu isib ketishning ikkinchi darajasi
deyiladi.
Tana harorati 38,6-40,6°S ko'tarilsa, yurak urishi bir daqiqada 160 chajnasjda.bp'ladi,
bu isib ketishning uchinchi darajasi deyiladi.Issiqlikning birinchi darajasi arterial qon
bosimiga ta'sir qilmaydi, ikkinchi darajada sistolik bosim ko'tarilishi mumkin,
uchinchi daraja esa arterial bosimni keskin pasaytirib yuboradi. Bu holat issiq
urushining asosiy belgisidir. Arterial bosimning pasayishi :qon tomirlarning asosan
teri tomirlarining kengayishiga bog'liq.
Mo'tadil haroratda teridan bir daqiqada oqib o'tgan qonning umumiy hajmi 200-500
ml bo'lsa, issiqda 2,5-3 1, juda yuqori haroratda 8 1 ga yetadi va yurakdan chiqqan
qonning 50-70% ini tashkil qiladi.
Ma'lumki, teri tomirlari kengaygan bir vaqtda ichki a'zolar tomirlari torayadi. Bu
o'zgarishlarni reflektor, mahalliy va gumoral boshqarish mexanizmlari yuzaga
chiqaradi.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari torayadi va organizmdan
tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa
yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining
doimiyligi saqlanib qoladi. Yurak-qon tizimi kasalliklari bilan xastalangan odamlar
uchun sovqotish ancha xavflik, chunki sovuq sharoitda tanada qon aylanishini
ta'minlash uchun yurak me'yorga nisbatan ko'p ish bajarishga majbur bo'ladi va u
zo'riqadi.
Tashqi muhit omillarimng noqulay o'zgarishlari yurak-tomir faoliyatiga ta'sir etadi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining ichki
bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida tofovut paydo bo'lishi tabiiy holatdir. Bunday vaqtda
ayniqsa gipertoniya, bod va yurakning boshqa kasalliklari bilan xastalangan
odamlarda bosh og'rig'i, bo'g'imlarda, yurakda og'riq seziladi. Arterial qon bosimi
ko'tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko'tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon
tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyilishi mumkin. Buning natijasida qo'1-
oyoqlar shol bo'lib, qolishi, odam gapirish qobiliyatini yo'qotishi mumkin.
Balandlikka ko'tarilganda atmosfera bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam
tanasining bo'shliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog,' rsharoitida
chiniqmagan odamlarda «tog* kasalligi» deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu
kasallik quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: odamning boshi aylanadi va og'riydi,
kungli ayniydi, yuragi tez uradi, tana harorati ko'tariladi. Ayrim hollarda burundan,
o'pkadan, oshqozon va ichaklardan qon kelishi mumkin.
Atmosferaning namligi odam organizmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Odamning
yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma'lum bir muvozanatda
bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligi 40-45%, harorati +18-20°
bo'lishi odam organizmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
50
Havo quruq bo'lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi bor odamlar
bunday sharoitda o'zini yomon his qiladi. Havo namligi ortganda bod kasalligi xuruj
qiladi, kasal odamning bo'g'imlari, boshi og'riydi, uyqu bosadi, kayfiyati pasayadi,
oyoq-qullarida og'riq paydo bo'ladi, yurak urishi tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |