Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Narsalarning  o‘ziga  yoki  boshqa  narsalarga  nisbatan joylashish



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/92
Sana04.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#164483
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari

Narsalarning  o‘ziga  yoki  boshqa  narsalarga  nisbatan joylashish

vaziyati, yo‘nalishini so‘z bilan ifodalash - Bunda bolalar  buyumlarning

uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi;  geometrik  figuralar:

doira,  kvadrat  bilan tanishtiriladi; fazoviy  yo‘nalishlar  bilan  tanishtiriladi:

«o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini

to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.

Hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar. Bu

tushunchalar har kunlik mashg‘ulotlarning tashkiliy qismlarida, kunning ikkinchi

yarmida, kun tartibining barcha qismlarida o‘rgatib boriladi. Shu bilan birga

mashg‘ulotlarni mustahkamlash davomida ham doimiy tarzda takrorlanadi.

Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan,  dastur  mazmunini  sinchiklab

o‘rganadi.  Matematik  bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda

beriladi, bunda yangi materiallar har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga

bo‘linadi. Bu kichik  topshiriqlar  ketma-ket  o‘rganiladi.  Masalan,  tayyorlov guruhi

bolalarini  buyumlarni  bo‘laklarga  bo‘lish  bilan  tanishtirish bunday  ketma-ketlikda

amalga  oshiriladi:  bolalar  birinchi  mashg‘ulotda buyumlarni  ikkita  teng  qismga

bo‘lishni  mashq  qiladilar  va  yarim  nima ekanini  o‘zlashtiradilar;  ikkinchi

mashg‘ulotda  bolalarning  teng  ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi

tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati  faollashtiriladi,  tarbiyachi

uchinchi  mashg‘ulotda  bolalarga buyumlarni  teng  to‘rt  qismga  bo‘lish  usullarini

o‘rgatadi,  shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi, keyinroq bolalarga

geometrik figuralarni  ikki  va  to‘rt  qismga  bo‘lishning  har  xil  usullarini

ko‘rsatadi, bolalar butun bilan  qism  orasidagi  munosabatlarni o‘rnatishadi.

Shunday  qilib,  dasturning  har bir  bo‘limi  ketma-ket  o‘tkaziladigan bir necha (uch-

olti) mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan

mashg‘ulotga  kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.

Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni

rivojlantirishda bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish,

kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur  guruhda  matematika

mashg‘ulotlari haftada  2  tadan  (bir  yilda  72  ta)  o‘tkaziladi. Matematikadan har

qanday mashg‘ulotni loyixalashda bolalar tarbiyachining stoli  yonida  ishlashlari

bilan  bir  qatorda  o‘z  o‘rinlarida  tarqatma materiallar  bilan  mustaqil ishlashlari

ham  nazarda  tutilishi zarur.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish