Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish malakalari turli mashg‘ulotlarning tashkiliy
qismida, kunning turli qismlarida tashkil etiladigan ishlar davomida o‘rgatib boriladi.
Asosan, bolalarga ertalab, kechqurun, kun, tun, kecha, bugun, ertaga kabi
tushunchalar orqali savollar beriladi. Bolalarning bu savollarga bergan javoblari
tarbiyachi tomonidan to‘g‘rilab boriladi.
Narsalar shaklini doiraviy, uchrubchak, to‘g‘ri to‘rtburchakli, kvadrat,
to‘rtburchakli, oval ko‘rinishdagilarini farqlash - Bunda bolalarning ilgari
egallagan geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimlari, tasavvurlari yangi murakkabroq
ma’lumotlar asosida boyitiladi va mustahkamlanadi. Chunki 4-5 yoshli bolalar
geometrik shakllarga o‘xshash predmetlarni topadilar, geometrik figura va shakllarni
nomini biladilar, miqdoriy aloqalarini belgilaydilar, tayyorlov guruhlarida bu bilimlar
boyitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |