0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni nomi va farqini bilish – bu tushunchalar
asosan, ko‘rgazmalar va o‘yin mashg‘ulotlar, bog‘chada olib boriladigan kundalik
tartib davomida, bolalarning navbatchiligi davomida (Bugun nechta bola bor? Har bir
bolaga bittadan tarelka?, Necha kishiga qoshiq bor, necha kishiga yo‘q? savollari
orqali) amalga oshiriladi. Shuningdek, kichik yoshdagi bolalarda bu ko‘nikmalar
bolaga predmetlarning hajmi, og‘irligi va uzunligini ta’riflab borish, bolaga sayr
davrida elementar matematik savollari (biz qancha zinapoyani bosib o‘tdik?, senda
nechta o‘yinchoq bor?) (menga bitta piyola olib kel, ikkita pechene ber) kabi
matematik bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatga jalb qilish orqali
rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |