3 mavzuga oid savol va topshiriqlarga javoblar. Bo‘g‘in nima?



Download 22,67 Kb.
bet1/3
Sana22.08.2021
Hajmi22,67 Kb.
#153507
  1   2   3
Bog'liq
Til 3-mavzuga oid savol va topshiriqlar


3 – mavzuga oid savol va topshiriqlarga javoblar.

1. Bo‘g‘in nima?

2. Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati nimada?

3. Bo‘g‘inning qanday turlari bor?

4. Bo‘g‘inga ajratish va bo‘g‘in kochirishning bog‘liqligi nimada?

5. Bu ikki hodisaning farqini tushuntiring.

1. Nutqning boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan eng kichik birligiga tovush deyiladi. Tovushlardan bo’g’in tashkil topadi.

Bir havo zarb bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi. Ular so’zni hosil qiladi. Nutq tovushlarining muayyan ketma-ketlikdagi ifoda plani fonetik so’z hisoblanadi. Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar. Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.

2. Tilda bo’g’inning amaliy ahamiyati katta.


  1. Satrga sig’may qolgan so’zni ikkinchi satrga ko’chirish bo’g’in asosida amalga oshiriladi.

  2. She’riyatning barmoq vazni bo’g’inlar sonining teng bo’lishiga asoslanadi.

  3. Bog’cha bolalari va boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish, yozishga o’rgatishda ham bo’g’in asosida ish olib boriladi.

  4. Bo’g’in fonetik so’zning shakllanishida qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi.

Bo’g’in fonologiyada sillabema deb yuritiladi.

Tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash, bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g’in tuzish va o’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. O’quvchilarni o’qishga o’rgatish bo’g’in asosida olib boriladi. O’qishning dastlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalanilsa sekin-asta orfoepik o’qish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bo’g’inlab o’qishga o’rgatish uchun so’zni bo’g’inga bo’lish, bo’g’in hosil qiluvchi tovushni aniqlash, ochiq-yopiq bo’g’inlarni farqlashga o’rgatish muhim sanaladi. Ma’lumki, “Alifbe” sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib boradi. SHuning uchun o’qituvchi har bir bo’g’in tuzilishini murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to’rt tovushdan tuzilgan bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish ham o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lam, Man-non, tipidagi bo’g’inlarda o-la:m, Ma:n-no:n tarzidagi qo’shimcha chiziqdan, bod-ring, do’st tipidagi bo’g’inda ring, do’st tarzidagi qo’shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So’zlarni o’qishga o’rgatishda bilib o’qishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi.


ko’: k, ka ko’:r, lom, ko’: ch, ko’: p

Umuman olganda, har bir o’qish darsida albatta bo’g’in tuzilishi murakkab so’zlarni o’qish mashqi o’tkazilishi lozim. Bu usul o’quvchilarda o’qish malakasining takomillashuviga yordam beradi. Yozuv malakasi o’qish malakasi bilan uzviy bog’liqdir. Bola yomon o’qisa, yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi.

3. Bo’g’in unli yoki undosh fonema bilan tugashiga ko’ra 2 xil bo’ladi:

unli bilan tugasa ochiq bo’g’in: bo-la, lo-la

undosh bilan tugasa yopiq bo’g’in: maktab, dehqon.

Ma’lumki, unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi. So’zda nechta unli bo’lsa, bo’g’in miqdori ham shuncha bo’ladi. Ol – ma (2 ta unli 2 bo’g’in), ma’naviyat (4 ta unli 4 bo’g’in).

4. Bo’g’in tuzilishi jihatidan quyidagi tiplarga ajratiladi:

1. Bir unlidan iborat: o-ta, o-na, a-ka.

2. Bir unli va bir undoshdan iborat:

a) unli + undosh – ot, ish, ol.

b) undosh + unli – lo-la, do-na, to-za.

3. Bir unli va ikki undoshdan iborat:

a) undosh + unli + undosh: kuch, qosh, mak-tab.

b) unli + ikki undosh: aql, ilm, erk.

v) ikki undosh + unli: fra-za, sta-kan.

4. Bir unli va uch undoshdan iborat:

a) undosh + unli + ikki undosh: baxt, qirq, dard.

b) ikki undosh + unli + undosh: stol, trak-tor, xlor.

5. Bir unli va 4 undoshdan iborat.

a) ikki undosh + unli + ikki undosh: sport, shrift.

b) undosh + unli + uch undosh: punkt, tekst.

v) uch undosh + unli + undosh: skver, shtraf, skrip-ka.

5. So’zda nechta unli tovush bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi: ka-ma-lak, dov- yu-rak, sa-o-dat kabi. Bir satrga sig’may qolgan so’zlar bo’g’in ko’chirish qoidasiga ko’ra keying satrga bo’g’in ko’chirib yoziladi.

Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari.

a) bir unlidan iborat bo‘g‘in birinchi yo‘lda qoldirilmaydi yoki

o‘zi alohida keyingi yo‘lga o‘tkazilmaydi: u-ka emas: uka; mudofa-a

emas: mudofaa.

b) ng harfi bir tovushni ifodalagan o‘rinlarda (so‘zlarda)

ajratilmaydi: ko‘-ngil, si-ngil, ing-ramoq, zang-lamoq;

v) ‘ belgisi o‘zidan oldingi bo‘g‘in tarkibida qoladi: ma’-no , ta’-

lim, san’-at.

g) IIV, 1991 yil, XX asr kabi qisqartma so‘zlar yoki ko‘p xonali

sonlar ikkinchi yo‘lga ko‘chirilmaydi.

d) rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar o‘sha til qoidalariga amal

qilgan holda bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi; in-gliz, kon-gress, trans-

port, shtan-ga.




Download 22,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish