SOG‘LOM TURMUSH TARZI TALABLARI
VA KASALLIKLARNING OLDINI OLISH
Turmush tarzi – insonning hayotdagi yashashi, mehnat qili-
shi, dam olishi, davolanishi va boshqalarni o‘z ichiga olgan
tushunchadir. Uning tarkibiy qismlariga insonning ijtimoiy-
siyosiy, ishlab chiqarish va undan tashqari vaqtdagi faoliyati,
ijtimoiy-madaniy faoliyati hamda tibbiy faollik kiradi. Inson o‘z
hayoti davomida turli salbiy ta’sirlarga, turli sharoit va nojo‘ya
holatlarga tushib qolishi mumkin. Bular esa aholini salomatlik
haqidagi bilimlarini oshirishga, sog‘lom turmush tarziga rioya
qilishga undashni taqozo qiladi.
Sog‘lom turmush tarzi keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, u
quyidagi faollikni talab qiladi:
1) unumli mehnat qilish;
2) faol dam olish;
3) to‘g‘ri ovqatlanish;
4) doimiy jismoniy harakat;
5) organizmni chiniqtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |