93
May–oktabr davrida yog‘ingarchilik deyarli bolmaydi. Shu-
ning uchun dehqonchilik va, shu jumladan, bog‘dorchilik
bilan sun’iy sug‘orish sharoitidagina shug‘ullanish mum-
kin. Sug‘orish butun yil mobay nida bog‘larni namlik bilan
ta’minlabgina qolmay, balki bog‘ mikroiqlimiga ijobiy ta’sir
etadigan omil hamdir.
Sug‘orish cheklab qo‘yilib, tuproqda nam yetishmay qolgan
taqdirda meva daraxtlari sekinroq o‘sadi, ularning bargi va ho-
sili
kamayadi, xazonrezgilik barvaqt boshlanadi. R.R.Shreder
nomli institutning juda ko‘p ma’lumotlariga ko‘ra, hosilga kir-
gan olma bog‘lari sug‘orib turilgan taqdirda daraxt novdalari-
ning o‘sishi 1,4 marta, tanasining aylanasi 3,4 martacha, hosili
esa 1,6–2 baravar oshadi. Sizot suvlari chuqur joylashgan yosh
mevali bog‘lar sug‘orilmasdan umuman o‘sa olmaydi.
Daraxt-
lar qishga kirganda zaxira oziq moddalari kam bo‘ladi, ular-
ning sovuqqa chidamliligi pasayadi (A. Ribakov, S. Ostrouxo-
va, 1981).
Ko‘p miqdorda va katta dozalarda sug‘orish orqali tuproqning
haddan ziyod kamayib ketishi ham bog‘ uchun zararlidir. Bu
holda tuproq botqoqlanib, uning fizik xossalari, ayniqsa, havo
rejimi yomonlashadi, ildiz tizimining faoliyati uchun noqulay
sharoit paydo bo‘ladi. Zaxlatib sug‘orilgan bog‘lardagi daraxt-
larning kuzgi o‘sishini kechiktirib yuboradi va ularning sovuqqa
chidamliligini kamaytiradi.
O‘zbekiston bog‘larida A.A.Ribakov va S.A.Ostrouxova
(1981)ning ko‘p yillar davomida olib
borgan tajribalari shuni
ko‘rsatdiki, o‘suv davri davomida tuproqning ildiz taralgan
qat lamdagi (30–100 sm) namlik tuproqning to‘la nam sig‘imiga
nisbatan 80–85 foizni tashkil etishi lozim. Bo‘z va qumoq,
o‘tloq tuproq uchun bu namlik tuproqning absolyut quruq
vazniga nisbatan taxminan 18–20 foizni tashkil etadi. Qumoq,
qumloq va shag‘al toshli yerlar uchun namlik foizi kamroq,
og‘ir soz tuproq uchun esa ko‘proq bo‘lishi lozim. Ammo shu
bilan birga shuni e’tiborga
olish lozimki, meva daraxtlarida
shira harakati boshlangan davrda namga, ayniqsa, ta labchan
94
bo‘ladi va novdalar o‘sgan, barglar ko‘paygan, mevalar hosil
bo‘lgan va kattalashgan sari bu talab oshib boradi. O‘suv davri
oxirida o‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi kamayadi.
Tuproqning namligi mevalarning sifatiga ham ta’sir qiladi.
Kamroq,
shuningdek, kechiktirib sug‘orish, ayniqsa, hosil mo‘l
bo‘ladigan yillari mevalarning to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi.
R.R.Shreder nomli institut bog‘larida sug‘orishlar soniga qarab
hosilning qanchasi to‘kilgani qayd qilingan.
10-jadval
Sug‘orish soni
To‘kilgan meva
(foiz hisobida)
3–4
39,4
1–2
48,4
Sug‘orilmaganda
51,4
Shuningdek, tuproqning namligi yetarli bo‘lmasa, mevalar-
ning o‘rtacha vazni kamayib ketadi. Qandil sinap nav olma-
ning o‘rtacha vazni ikki marta sug‘orilganda 54 gr, to‘rt marta
sug‘orilganda esa 74 gr kelgan.
Bundan tashqari, ko‘pgina kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki,
ye tarli sug‘orilmasa olma va nokning
saqlanish muddati ikki
haftaga qisqarib, ular tarkibidagi qand va kislotalar miqdori
kamayadi.
Sug‘orish orqali tuproqda ildizlarning joylashishini tartibga
so lish mumkin. Tez-tez va kamroq dozalarda sug‘orilsa, ildiz
tup roqning ustki qatlamiga taraladi. Bunday daraxtlar tuproq-
ning qizib ketishi natijasida tez qurib
qolganligi sababli tez-tez
sug‘orishni talab qiladi (Cherepaxin va boshqalar, 1991).
Mevali daraxtlar qondirib sug‘orilsa, daraxtning ildizlari
chuqur qatlamlarga o‘tib, tuproqning katta hajmini qamrab
oladi. Bu esa daraxtlarning o‘sishiga va hosil berishiga ijo-
biy ta’sir etadi. Ammo har qanday tuproqni ham ana shunday
qilib sug‘orib bo‘lmaydi. Masalan, sizot suvlari yuza bo‘lgan
sho‘rlangan tuproqni qondirib sug‘orib bo‘lmaydi.
Aks holda
95
suv tuproqning chuqur qatlamlariga yetib borib, u yerdagi
tuzni tuproqning haydaladigan qatlamiga chiqarib va tuproqni
sho‘rlantirib qo‘yadi:
Do'stlaringiz bilan baham: