R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


Sug‘orish muddatlari va miqdori



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Sug‘orish muddatlari va miqdori. O‘simliklar suvdan 
muay yan vaqt ichida foydalanadi, so‘ngra esa yana sug‘orishni 
talab qiladi. Shuning uchun sug‘orishning shunday tartibini 
qo‘llash lozimki, bu tartib butun sug‘oriladigan davr o‘rtalarida 
tuproqning namligini me’yorida ta’minlab tursin.
Mo‘l hosil bergan va, ayniqsa, mevalari kech pishadigan 
bog‘lar kam hosil bergan yoki hosil bermagan bog‘larga qara-
ganda ko‘proq me’yorda va tez-tez sug‘orib turiladi.
O‘suv davrining issiq kunlarida (iyul–avgust) tuproqdagi 
nam ham, o‘simlikdagi nam ham tez bug‘lanadi. Shuning uchun 
bu davrda bog‘larga tez-tez va ko‘proq suv berib turiladi.
Daraxt qator oralariga ekin ekilgan bog‘lar shudgor qilib 
qo‘yilgan bog‘larga qaraganda ko‘proq sug‘orishni talab qiladi. 
Bunday holda bir–ikki marta qo‘shimcha sug‘oriladi.
Sug‘orish muddatlari yil faslidagi fexologik davrlarga to‘g‘ri 
keltiriladi. Bog‘larda o‘suv davrida va qishki (nam to‘plash 
maqsadidagi) sug‘orish o‘tkaziladi. Birinchisi o‘suv davrida, ik-
kinchisi o‘simliklar tinim davrida o‘tkaziladi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan erlarida dehqonchilik tajri-
basidan kelib chiqib xazonrezgilikdan keyin va qora sovuqlar 
boshlangunga qadar bo‘lgan davr yaxob berish uchun eng qulay 
vaqt ekanligi ko‘rsatiladi. Bu vaqtda suv tuproqning chuqur qat-
lamigacha singib, ildiz taralgan qatlamini yaxshi namlatadi. 
Agar qora sovuq boshlangungacha yaxob berilmagan bo‘lsa, uni 
tuproqning muzi erigan davrda va mart oyigacha beriladi.


98
Bog‘larga yaxob bir–ikki marta, yengil va shag‘al toshli 
tuproq qa esa ikki–uch marta, lekin kamroq me’yorda beriladi. 
Sizot suv lari yaqin joylashgan yerlarga yaxob berish ortiqcha 
bo‘lib, hatto zarar keltirishi ham mumkin.
Bog‘larni sug‘orishda meva daraxtlarining o‘suv davridagi 
fazalar hisobga olinadi. Qishda va bahorda yog‘in kam yoqqan, 
qishda yaxob berilmagan taqdirdagina daraxtlar gullagunga qa-
dar sug‘oriladi.
Kuzda daraxtlar o‘sishini o‘z vaqtida to‘xtashini va qishki 
tinim davriga tayyorlanishi uchun meva bog‘larini sug‘orishni 
respublikaning shimoliy viloyatlarida sentabrda, janubiy vilo-
yatlarida esa sentabrning o‘rtalarida to‘xtatadilar. Yosh bog‘lar 
ko‘proq ta labchan bo‘lgani uchun sug‘orish sentabrning birinchi 
yarmida, res publikaning janubiy viloyatlarida va shag‘al toshli 
tuproqlarda esa sentabrning ikkinchi yarmida to‘xtatiladi.
Dunyo mevachiligida va shu jumladan, O‘zbekistonda 
sug‘orish muddatlarini aniqlash bo‘yicha ko‘pgina ilmiy tadqi-
qotlar o‘tkazilgan (A. Ribakov, S. Ostrouxova, 1981). O‘tkazilgan 
tajribalar va ko‘p yillik bog‘dorchilik ishlari shuni ko‘rsatdiki, 
hosil berib turgan bog‘lar o‘suv davrida 3–4 marta, respublika-
ning janubida 4–6 marta, shag‘al toshli erlarda esa 13–18 mar-
tagacha sug‘orilishi kerak. Sizot suvlari yaqin bo‘lgan o‘tloq 
tuproqda sug‘orish miqdori kamaytiriladi; ba’zan esa bir-ikki 
marta sug‘orishning o‘zi kifoya qiladi. Olti marta sug‘orilgan 
taqdirda uning muddatlari taxminan quyidagicha: aprelda (ba-
hor quruq kelganda) bir marta, may va iyunda bir martadan, 
iyulda ikki marta, agustda bir marta sug‘oriladi. Shuncha miq-
dorda suv berishda bo‘z tuproqli yerlarda bir–ikki marta beril-
gan yaxob hamda shag‘al toshli erlarda ikki–uch marta berilgan 
yaxob hisobga olinadi. Toshkent viloyatida tup roqni mulchalab, 
bir–ikki marta iyul–avgust boshlarida sug‘orish bilan cheklan-
ish mumkin. Shag‘al toshli yerlarda mulchalab 18 marta o‘rniga        
7 marta sug‘orish ham mumkin.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish