R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


O‘g‘itlardan foydalanish va ularni yerga solish xususi-



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

O‘g‘itlardan foydalanish va ularni yerga solish xususi-
yatlari. Yerdagi oziq elementlarning eng ko‘p qismini daraxtlar 


100
meva, so‘ngra esa barg hosil qilishga va shu yilgi novdalarning 
o‘sishiga sarflaydi. Daraxt qancha qari bo‘lsa, yerdan oziq mod-
dalarni shuncha kop oladi. Yil davomida o‘simlik oziq mod-
dalarning ko‘p qismini o‘siv davrining birinchi yarmida, asosan 
bahorda, ya’ni jadal o‘sayotganda, so‘ngra esa o‘suv davrin-
ing ikkinchi yarmida, ya’ni shoxlar vo‘g‘onlashayotganda va 
shox-shabbalari quloch yozayotganda, mevalari o‘sib, zaxira 
oziq  moddalar  to‘planayotgan  vaqtda  oladi.  Вu  davrlar  o‘g‘it 
solishda muhim davr hisoblanadi. O‘suv davrining oxirida 
o‘simliklarning oziq moddalarning yutishi deyarli to‘xtaydi. 
Meva daraxtlari ning guli, tugunchalari va barglarida azot, fosfor 
hamda kaliy eng ko‘p, qari tanasi va yo‘g‘on ildizlarida kamroq 
bo‘ladi. Shunin, uchun meva daraxtlari juda ko‘p gullaganda gul 
va tugunchalarning ko‘pi to‘kilib ketsa, undagi oziq moddalar 
kamayib qoladi.
Azotning barcha mineral tuzlari (ammiakli tuzlaridan 
tashqari) tuproqqa singmaydi va ular yerga solinganda past-
ki qatlamlarda osongina yuvilib ketishi mumkin. Bu hol 
sho‘rlangan yerlarni yuvishda sizot suvlari yuza bo‘lganda, 
yer me’yorsiz sug‘orilganda, ayniqsa, tuproq yer ostida shag‘al 
toshli qatlam bo‘lganda yuz beradi. Azotning yuvilib ketishi-
ni kamaytirish va o‘simliklar uni yaxshi o‘zlashtirishi uchun 
yengil hamda juda nam tuproqli yerlarga azotni kam doza-
da, donador qilib solish lozim. Ammiakli azot yerga yaxshi 
singadi va tuproqda ushlanib qoladi. Shuning uchun uni yerga 
istagan vaqtda va hatto, kuzdan boshlab solish ham mumkin. 
Yer haddan tashqari nam bo‘lib zichlanib ketsa va unda selit-
ra yoki organik qoldiqlar juda ko‘p to‘planib qolsa, nitratlar 
parchalanib, erkin azot ajralib chiqadi va u tuproqdan uchib 
ketishi mumkin.
fosfor tuproqda azotga nisbatan juda sekin siljiydi. Shuning 
uchun uni yerga erta kuzdan boshlab, mumkin qadar chuqur-
roq va meva daraxtlari ildizlariga yaqinroq qilib solish kerak. 
fosfor ning eriydigan xillari kalsiy, temir va boshqa asoslar bilan 
birikadi hamda daraxtlar qiyin o‘zlashtiradigan xiliga aylanadi. 


101
Buning oldini olish uchun fosforni uch–besh yilda bir marta 
katta dozada sochmasdan, chuqur egatlarga to‘p-to‘p qilib yoki 
donador shaklda solish kerak.
fosfor va kaliy (besh yilga mo‘ljallab) uzunasiga hamda 
ko‘ndalangiga ketgan egatlarga 50 sm chuqurlikda solinganda 
yaxshi natijalarga erishilgan.
Bunday holda olma va shaftolilarning shoxi fosfor-kaliy yuza 
solingan yerdagi daraxtlarnikiga qaraganda 12,2–29,7 foiz, as-
similyatsiya yuzasi 54,4–65,4 foiz ortadi, hosildorlik esa shafto-
lida 1,3, olmada 2,0–3,4 marta ko‘payadi.
Binobarin, o‘g‘itlarni chuqur va sochib solish bog‘larning 
hosildorligini oshirish uchun fosfor va kaliydan foydalanishning 
eng rat- sional usuli hisoblanadi.
G.K.Karpenchuk (Uman) tajribalariga ko‘ra o‘g‘itlarni qat-
lamlarga solish ham daraxtlarga yaxshi ta’sir etadi. Bunda 
o‘g‘itlar daraxt tanasidan 2 m narida – 15 sm chuqurlikka, 3 m 
narida – 25 sm chuqurlikka va 4 m narida – 38–40 sm chuqur-
likka solingan. Ular shu tariqa solinganda, shox-shabba zonasida 
yerga notekis joylashgan ildiz tizimiga yaqinlashib borgan.
O‘zbekiston tuproqlarining ko‘pchiligida kaliy yetarli miq-
dorda boladi, shuning uchun o‘simliklar unga ehtiyoj sezmaydi. 
Ammo ko‘p sug‘oriladigan, shag‘altosh aralash tuproqli, shu-
ningdek sizot suvlari yuza (1,5 m dan yuqori) bo‘lgan yerlar ning 
haydalma qat lamida kaliy kamayib ketishi mumkin. Bunday 
holda yerga kaliy solishga to‘g‘ri keladi. Kaliyni barcha tuproq-
lar yaxshi saqlab qoladi. Tuproqda uning taminan 40–50 foiz va 
undan ham ko‘prog‘i sarflanadi.
11-jadval
Turlar
Gektaridan, 
s dan hosil 
olinganda
Bir gektarga sarflangan,  
kg hisobida
Azot
fosfor
Kaliy
Urug‘lilar
400
296
40
184
Danaklilar
239
273
37
257


102
hosil ko‘payishi bilan tuproqdagi oziq moddalar ham ko‘p 
sarflanadi,  ammo  bunday  qat’iy  proporsionallik  bo‘lmaydi.  Bu 
sarflar oziq moddalarning tuproqdagi tabiiy zaxiralaridan mut-
tasil kelib turishi va yerga solinadigan o‘g‘itlar hisobiga qoplanib 
turadi.
Bir gektar boqqa solinadigan o‘g‘it miqdori bog‘ barpo qilinga-
niga necha yil bo‘lganiga, undagi daraxtlarning rivojlanish kuchi-
ga, naviga, yosh novdalarning katta-kichikligiga, bog‘ning ishlash 
tizimiga, hosilning oz-ko‘pligiga va tuproq sharoitiga qarab bel-
gilanadi. Yosh daraxtli bog‘larga qari daraxtli va meva beradigan 
bog‘larga qaraganda o‘g‘it kam miqdorda solinadi daraxtlar qan-
cha nimjon va yomon o‘sgan bo‘lsa, ular shuncha ko‘p miqdorda 
o‘g‘itlanishi kerak. Daraxtlar qancha qalin o‘tqazilgan va hosili 
ko‘p bo‘lsa, har bir maydon birligi uchun shuncha ko‘p o‘g‘it beri-
lishi lozim.
Agar meva daraxtlarining novdalari nimjon, barglari rangsiz 
bo‘lsa, unda azotli o‘g‘itlarning juda tez ta’sir etadiganlari – mi-
neral o‘g‘itlar, organik o‘g‘itlardan esa najas, go‘ng shaltog‘i so-
linadi. O‘zbekiston sharoitida meva o‘simliklari uchun najasdan 
ikki yilda foydalanadi. Shuning uchun uni har ikki yilda yerga 
solib turiladi. Xo‘jalikda go‘ng kam bo‘lsa, u holda uni har yili 
yoki yil oralatib tuproqdagi jarayonlarni faollashtirish uchun kam 
miqdorda (gektariga 5–10 tonna hisobida) solish kerak. O‘simlik 
ildizi ustiga yangi go‘ng solish yaramaydi, chunki u mog‘orlaydi 
hamda ildizlarni chiritib yuboradi. Go‘ngni chiriganidan keyin 
tuproqqa aralashtirib solish lozim (A. Ribakov, S. Ostrouxova, 
1981).
R.R. Shreder nomli institut bog‘larida o‘g‘itlar ustida olib bo-
rilgan tajribalar bo‘z tuproqli yerlar azotni ko‘proq, so‘ngra esa 
fosforni talab qilishi kuzatildi. Tuproqda kaliy, kalsiy va magniy 
yetarli bo‘ladi hamda meva o‘simliklari bu elementlarni kamroq 
talab qiladi. Oziq elementlarining quyidagi nisbati eng yaxshiligi 
aniqlangan: 
N : R
2
0, ; K
2
0 = 1 : 0,5 : 0,13 (025).


103
Tuproqqa organik va mineral o‘g‘itlarni aralashtirib solish 
ma’quldir. Mineral o‘g‘itlar go‘ng bilan aralashtirib solinganda 
tuproq oziq moddalar bilan boyibgina qolmay, balki organik 
moddalar tuproq strukturasini hosil qiladi va saqlaydi. Tuproqqa 
go‘ng bilan bir vaqtda mikroorganizmlar va mikroelementlar 
ham tushadi, bular tuproq sharoitini faollashtiradi (Y. Djavyak-
yants, 1980).

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish