R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


Olma daraxtini o‘g‘itlash



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Olma daraxtini o‘g‘itlash. Qadimdan sug‘orilib kelinadigan 
sizot suvlari chuqur bo‘lgan bo‘z tuproqli yerlardagi yosh bog‘lar 
(daraxtlar), odatda, yaxshi o‘sadi va o‘g‘itlarni kam talab qiladi. 
Unum siz tuproqlarda (shag‘al toshli, sho‘rlangan, haydalmagan 
yerlardagi) yosh bog‘larga o‘g‘it solinsa foydali bo‘ladi.
Daraxt o‘tqazish oldidan yerni (plantaj plug bilan 60–70 sm) 
chuqur qilib haydash bilan bir vaqtda organik, mineral o‘g‘itlar 
solish, odatdagi haydash (25–30 sm) hamda ko‘chat o‘tqazadigan 
chuqurlarga o‘g‘it solingandagiga qaraganda o‘simlik ildizi 
qismida havo, oziq va suv rejimi uchun juda qulay sharoit yarata-
di. Bu uch–to‘rt yil davomida yaxshi ko‘rsatkichlarga: daraxtlar-
ning o‘sishiga (17 foizga), tanasining yo‘g‘onlashishiga (17 foiz-
ga), shoxlari umumiy uzunligining ortishiga (65 foizga) hamda 
baquvvat ildizlar hosil qilishiga yordam beradi. Natijada, yosh 
daraxtlar bir–ikki yil oldin hosilga kiradi va dastlabki yili juda 
yuqori hosil beradi.
Chuqur qilib haydalganda har gektar yerga 40 t go‘ng, 240–
360 kg azot, 120–180 kg fosfor, 60–90 kg kaliy hisobidan o‘g‘it 
solish ma’qul ko‘riladi.
Yosh bog‘larni (to‘rt yoshga qadar) undagi daraxtlarning 
hola tiga va ko‘p yoki kam novdalar chiqarishiga qarab o‘g‘itlash 
kerak. Agar novdalar каm chiqqan bo‘lsa, har yili yoki yil ora-
latib har bir daraxt tanasi atrofiga o‘g‘itlar quyidagicha: 4–6 kg 
hisobida chirindi, 50–100 g azot, 30–60 g fosfor (sof oziq modda 
hisobida) solinadi.
hosilga kirmagan (to‘rt va undan katta yopshdagi) bog‘larda 
hosilga kirgunga qadar yilora gektariga: 60 kg azot, 30 kg fos-
for va 15 kg kaliy solinadi. Agar go‘ng bo‘lsa, u 10–20 t dan 


104
ikki–uch yilda bir marta solinadi. Go‘ng solingan yili mineral 
o‘g‘itlarning miqdori yarmiga kamaytiriladi (azotdan tashqari).
hosil berayotgan bog‘larda gektariga 150–200 s meva olin-
gan bo‘lsa, gektariga: 120 kg azot, 60 kg fosfor va 15–30 kg ka-
liy; ikki–uch yilda bir marta 10–20 t go‘ng solinadi.
Bog‘ning har gektariga azot (240 kg), fosfor (120 kg) va kaliy-
ni (60 kg) qo‘shib solinganda ham yaxshi natijalarga erishiladi. 
Bunda hosilga 32–76 foiz hosil qo‘shiladi. O‘g‘itlar juda ko‘p 
miqdorda, bir gallik qilib bir marta solinsa, hosilni oshirmaydi. 
Ulardan o‘simliklar foydalana olmaydi, lekin o‘g‘itlarning miq-
dori ko‘p – 20 t go‘ng bo‘lsa va bo‘lib uch muddatda solinsa, 
hosilni 53 foizgacha oshiradi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish