Bog‘da meva daraxtlarini joylashtirish usuli. Meva da-
raxtlarini bog‘da joylashtirish daraxtlarning o‘sishi va hosil
beri shiga zarar yetkazmagan holda o‘simliklarning oziqlanish
maydonidan imkoni boricha to‘laroq foydalanishi ko‘zda tuti-
ladi.
O‘zbekiston Respublikasining tekis zonalarida meva da-
raxtlari uch usulda: kvadrat, to‘g‘ri burchak va shaxmat usulida
joylashtiriladi.
Mevali daraxtlarni o‘tqazish qalinligi. Meva daraxtlarini
shunday qalinlikda o‘tqazish kerakki, pirovard natijada daraxtlar
mo‘l-ko‘1 hosil berishi, mevasi yuqori sifatli bo‘lishi, daraxtlar
shamolga hamda garmselga bardosh beradigan va yerni ishlash,
o‘simliklarni parvarish qilishni mexanizatsiyalashtirish mumkin
bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |