P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


V.  IRODA VA BOSHQA  PSIXIK JARAYONLAR



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

V.  IRODA VA BOSHQA  PSIXIK JARAYONLAR

Ana  shu  yuqoridagi  aytilganlardan  ko'rinib  turibdiki,  iroda  boshqa 

psixik jarayonlar bilan  mahkam bog'liqdir.

Irodaviy  harakatlar  biz  idrok  qilib  turgan  u  yoki  bu  sharoitda  yuzaga 

keladilar.  Qaroiga  kelishda,  harakatlarni  rejalashtirishda  (mo'ljallashda)  va 

amalga oshirishda odam ayni  shu sharoitni tushuna olishi  kerak.  Bu  tushu­

nish va binobarin, qilinadigan  harakatlarning muvaffaqiyati juda ko'p jihat­

dan sharoitni idrok qilishning tezligi, to'laligi, aniqligi va to'g'riligiga bog'liq. 

Idrok ana shunday sifatlarga ega bo'lmagan paytda irodaviy harakatlar kechi- 

kishi, batamom  amalga oshirilmasligi,  o'zgarishi,  xato bo'lishi  mumkin.

Irodaviy jarayonlarda xotira katta rol o'ynaydi.  Kundalik hayotimizda 

juda ko'p  irodaviy harakatlarimiz taxminan bir xil  qiyofada takrorlanadi- 

lar.  Biron maqsad qo'yishda, harakat usullarini tanlashda, qarorga kelish­

da  va  qilingan  harakatlarga  baho  berishda  kishi  dastawal  o'zining  tur­

mush tajribasi  hamda bilimlariga  asoslanadi.

Biroq  hamma  irodaviy  harakatlar  ham  faqat  ilgarigi  harakatlarning 

oddiy qaytarilishidan  iborat  emas.  Sharoitning o'zgarib turishi  davomida 

ehtiyoj va qiziqishlarga qarab, odam har doim yangi  maqsadlar qo'yishiga 

hamda  harakatning  yangi  usullarini  qidirib  topishiga  to'g'ri  keladi.  Bu 

o'rinda  irodaga  xayol  yordam  qiladi.

Irodaviy jarayonning muhim tomoni biron  maqsad qo'yishdir.  Biz o'z 

harakatlarimiz  qaratilgan  maqsadni  har  xil  aniqlikda  tasawur qilishimiz 

mumkin:  ba’zan  maqsadni  shu  qadar aniq,  yorqin  va jonli  tasawur  qi- 

lamizki, go'yo kishi o'z harakatlaridan kelib chiqadigan  natijani  oldindan 

ko'rayotgandek bo'ladi; ba’zan esa maqsad noaniq va xira tasawur qilini­

shi mumkin.  Maqsad qanchalik aniq bo'lsa, unga intilish ham shunchalik

330



kuchli  bo'ladi.  Maqsadning  aniq  boMishi  shu  maqsadga yetishish  yo'lini 

qat’iyat bilan, uzil-kesil va ongli sur’atda tanlashga imkon beradi. Maqsad­

ning aniqligi  yana harakatning kuchli boMishiga,  dadillik, sabot bilan  ish 

ko'rishga va  chidamli bo'lishga  madad beradi.

Kishining kuchli iroda ko'rsatishida uning o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini 

amalga oshirishga mo'ljallangan va amalga oshiradigan yo'l va vositalami tasawur 

qila olishi  ham  katta  ahamiyatga ega.  Bu  yo'l  va vositalami  kishi  qanchalik 

aniq tasawur qilsa, bu vositalardan birini shunchalik tez tanlab olib,  ma’lum 

qarorga keladi va shunchalik zo'r ishonch bilan harakat qiladi.

Harakatlar qaratilgan  maqsadlarni  hamda ulami amalga oshirish yo'l 

va vositalarini,  irodaviy harakatlardan kelib chiqadigan natijalarni yaqqol 

tasawur  qilish  va  shuning  bilan  birga,  iroda  kuchi  kishining tajribasi  va 

bilimlariga  hamda  uning  xayoli,  tafakkuri  va  nutqining  taraqqiyot  dara­

jasiga bogMiq.

Maqsad va bu  maqsadga erishtiruvchi  vosita va yo'llami tasawur qi­

lishning aniqligi turmush tajribasi hamda bilimlarga asoslangan xayolning 

kengligi  va  kuchiga bog'liq.

Irodaviy jarayonlarning  va  irodaviy  harakatlarning  barcha  moment- 

larida nutq bilan chambarchas bogMiq boMgan tafakkur, ayniqsa, katta rol 

o'ynaydi.  Irodaviy  harakatlar aql  bilan  qilinadigan  harakatlardir.

Kishi bor tajribasi va bilimlariga asoslangan holda o'ylab biron maqsadni 

qo'yadi va harakat qiladi, o'ylab ma’lum qarorga keladi, o'ylab maqsadni 

amalga oshirish yo'li va vositalarini tanlab oladi, o'z harakatlaridan kelib 

chiqadigan  natijalarni  oldin o'ylab 




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish