P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


IV.  IRODAVIY  HARAKATLARNING  NERV-FIZIOLOGIK



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

IV.  IRODAVIY  HARAKATLARNING  NERV-FIZIOLOGIK 

ASOSLARI

Odamning  turli  xildagi  faoliyatlarida  namoyon  bo'ladigan  u  yoki  bu 

irodaviy faollik dastawal  nerv sistemasining holatiga va  irodaviy harakat­

larni amalga oshiradigan nerv-fiziologik mexanizmlarining ishiga bog'liqdir.

«Odatda,  ixtiyoriy  deb  ataladigan  barcha  ongli  harakatlar,  — deydi 

Sechenov,  — o‘z  mohiyati jihatidan  aks ettirilgan  harakatlardir».  Bu  de­

gan so'z «barcha insoniy harakatlarning dastlabki sababi odamdan tashqa- 

rida,  ya’ni  tashqi  muhitga  bog'liqdir»  (Избранные  философские  и 

психологические  произведения.  Госполиздат,  1947,  стр  148,  174).

Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik asosida shartli  reflekslar yotadi.

l.P.  Pavlov  ta’limotiga  ko'ra,  irodaviy  harakatlarning  hamma  mexamzmi 

yuksak  nerv  faoliyatining  butun  qonunlariga  bo'ysunuvchi  shartli 

bog'lanishlardan, ya’ni assotsiativ jarayonlardan iboratdir. Irodaviy harakatlar 

mexanizmlarida, asosiy rolni kinestezik qo'zg'atuvchilar tufayli, ya’ni mus­

kullar harakati  tufayli  yuzaga keladigan  maxsus shartli  reflekslar o'ynaydi. 

Kinestezik  hujayra  va  harakat  analizatori  turli-tuman qo'zg'atuvchilar bi­

lan  muvaqqat aloqa bog'lay olishligi  I.  P.  Pavlov hamda uning hamkorlari 

tomonidan o'tkazilgan  maxsus tajribalarda  isbotlab berilgan.

Irodaviy  harakatlar ongli  harakatlar sifatida  optimal  qo'zg'alish  man-

327



baining faoliyati bilan bog‘liqdirlar: «...Mening tasawurimcha, ong, — dey­

di  l.P.  Pavlov,  — ayni  shu  chog‘da,  xuddi  shu sharoitning o'zida  ma’lum 

darajada optimal (har holda, o'rtacha bo'lsa kerak) qo'zg'alishga ega bo'lgan 

katta  miya  yarim  sharlarining  ayrim  joylaridagi  nerv  faoliyatidan  iborat. 

Ana shu momentda katta miya yarim sharlarining qolgan hamma qismlari 

birmuncha bo'shroq qo'zg'alish holatida bo'ladi»  (O'sha kitob,  247-b.).

Irodaviy harakatlar ongli  harakatlar sifatida ikkinchi signal sistemasi­

ning  faoliyati  bilan  bog'liqdirlar.  Xususan,  ichki  nutqqa  tegishli  so'zlar 

kerakli  harakatlarni  yuzaga  keltiruvchi  va  boshqaruvchi  signal  hisobla- 

nadilar.  l.P.  Pavlov fikricha,  ikkinchi signal sistemasi odam xulqi va xat- 

ti-harakatlarining  oliy  regulatori,  ya’ni  boshqaruvchisidir.

Ikkinchi  signal  sistemasining  mexanizmlari  birinchi signal  sistemasi­

ning signallariga va  ixtiyorsiz  harakatlarning  miya po'sti  ostki  markazla- 

riga  bularning  ishlarini  tartibga  solish  yuzasidan  ta’sir  etib  turadi.  Ha- 

monki,  ongli  faoliyatlarimizning  nerv-fiziologik  asosida  ikkinchi  signal 

sistemasi  yotar  ekan,  demak,  bu  signal  sistemasining  induksiyasi,  ya’ni 

yaqin atrofga tarqalishi birinchi signal sistemasiga va miya po'stining ost­

ki qismlariga ta’sir etadi.  Shuning uchun,  chunonchi, vazminlik va o'zini 

tuta  bilish  kabi  irodaviy  hollaming  fiziologik  mexanizmi  ikkinchi  signal 

sistemasi  tomonidan  birinchi  signal  sistemasi  va  miya  po'stining  ostki 

qismidagi  markazlarda  yuzaga keltiriladigan  tormozlanishdan  iboratdir.

Agar ikkinchi  signal  sistemasi  tormozlansa,  bunday  holatda  «voqelik 

bilan deyarli hisoblashmaydigan va asosan miya po'stining ostki  markaz- 

larining emotsional ta’siriga bo'ysunadigan» faoliyat haqida gapirish mum­

kin. Ana shunday paytda odam,  masalan, afifektiv holatda bo'ladi.  Shun­

day  qilib,  l.P.  Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  haqidagi  ta’limotiga  ko'ra, 

irodaviy harakatlarning fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar siste­

masi  doirasida yuzaga keladigan  murakkab  muvaqqat  aloqalar sistemasi­

dan iboratdir.  Lekin bunda ikkinchi signal sistemasining roli g'oyat katta­

dir.  Irodaviy  harakatlar  paytidagi  miya  po'stining  optimal  qo'zg'algan 

holatida ikkinchi signal sistemasi ayrim muvaqqat aloqalarini tormozlantir- 

sa,  boshqalarini  kuchaytiradi.

Nerv sistemasining tetik hamda sog'lom holati har qanday faoliyat va 

odamning  unumli  ishchanligi  uchun  asosiy sharoitdir.

Nerv  sistemasining  kuchsizlanishi  irodaning  zaiflanishi  va  inson  faol 

faoliyatining susayishiga asos bo'ladi.  Bunday sustlik  holati  xususan  toli- 

qish  paytida yorqin  namoyon  bo'ladi.

Har  qanday  faoliyatning  o'ziga  tegishli  ravishda  va  asosan  mehnat 

faoliyatida  quwat  sarflanadi.  Odam  qanchalik  o'ziga  zo'r  bersa,  quv- 

vatning  sarflanishi  ham  shunchalik  tezlashadi.  Bunda  quwat  sarflanishi 

bilan ayni  bir vaqtda u tiklanib  ham boriladi.  Biroq,  ma’lum bo'lishicha, 

quwatning  tiklanishi  sarflanishiga  qaraganda,  sekinroq  borar ekan.




Shuning uchun  odam  ishning  u  yoki  bu  bosqichida kuchi  yetmayot- 

ganligini, toliqishni yoki, boshqacha qilib aytganda, charchaganligini seza 

boshlaydi.  Mehnatning  ikki  asosiy (jismoniy va  aqliy)  turiga muvofiq ra­

vishda  ikki  xil  toliqish,  ya’ni jismoniy va psixik toliqish  farqlanadi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish