laqmalik
deyiladi. Laqmalik qilish ma’lum darajada har bir kishiga xosdir. U iroda
va umuman faollik zaiflashgan paytda hamda tanqidiy fikr qilish yo'qolib,
fikr yuritish qobiliyati cheklangan va sustlashgan paytda sodir bo'ladi.
Aql-idrokning ishlamay qolishiga faqat affektiv holat sababchi bo'lmay,
balki psixik faoliyatning umumiy susayishi ham sabab bo'ladi.
Bunday holat har bir odamning toliqqan paytida va endi uxlay bosh-
lagan paytida bo'lishi mumkin. Uzoq vaqt davom etgan xavotirlik hissi va
zo'r xursandchilik tufayli ham kishi laqmalik qilib qo'yishi mumkin. Ki
shi gipnoz holatida haddan tashqari laqmalik qiladi.
Mustaqilsizlik orqasida qilinadigan ana shunday harakatlar, albatta
irodaga taalluqli salbiy xususiyatlardandir. Lekin shuni nazarda tutish
kerakki, boshqa odamlar buyrug'i va maslahatlari bilan qilinadigan har
qanday harakatlarni ham mustaqilsizlik deb hisoblayverish yaramaydi.
Bizga boshqa odamlar tomonidan beriladigan buyruqlar, taklif va masla-
hatlar o'zimizning asoslangan shaxsiy qarorlarimizga mos kelishi mum
kin. Bunday holda boshqa odamning buyrug'i bilan qilingan harakat
mustaqil harakat bo'ladi. Tashqi ko'rinishi jihatidan bir xil bo'lgan ikkita
harakatdan biri mustaqil bo'lmasligi, ikkinchisi esa mustaqil boMishi mum
kin. Masalan, ayrim bir o'quvchi buyruq tarzida bildirilgan maktab inti-
zomi qoidalarini qo'rqqanidan bajaradi. Bunda bu o'quvchi majburiyat
ostida o'z xohishiga qarshi harakat qiladi Boshqa bir o'quvchi bu qoi
dalarni ongli ravishda bajaradi. Chunki u bu qoidalarning zarur ekanligi-
ga tushunib, qanoat hosil qiladi. Ongli intizom mustaqil irodaning ifoda-
sidir. Kishi biron buyruq yoki intizomga shuning uchun so'zsiz itoat qi-
ladiki, u bunday itoat qilishning axloqiy jihatdan zarur va maqsadga mu
vofiq ekanini tushunadi, anglay oladi.
Har bir kishi o'zining ko‘pchilik harakatlarida «Kamolot» Yoshlar
Ijtimoiy Harakati jamoa qarorlariga asoslanishi kerak. Ammo jamoa ruhida
rahbarlik qilish — har bir jamoa a’zosini mustaqillikdan mahrum qilingan
egasizlik demak emas. Kishi o‘z mustaqiliigining hamma alomatlarini,
ya’ni tashabbuskorligini, topshirilgan ishning bajarilishiga javobgarlik his
sini va o‘z-o‘zini tanqidni faqat jamoadagina ko‘rsata olishi mumkin.
Kishining o‘z vijdoniy burchini bajarishga qaratilgan harakatlarida uning
mustaqilligi namoyon boMadi. Kishining mustaqilligi va irodasining erkinligi
o‘z qaror va harakatlarini axloqning yuksak tamoyillarga ongli ravishda
bo‘ysundirishning uddasidan chiqa olishda va o‘z harakatlarini shu tamoyil
larga asoslanib baholashida ko'rinadi.
Mustaqillilik ayni vaqtning o'zida iroda kuchining belgisi hamdir. Iroda
kuchi faqat katta to'siqlami yenga olish qobiliyati bilangina belgilanib
qolmay, balki tashabbuskorlik, o'z mustaqilligini anglash, o'z qat’iyati va
qabul qilingan qaror hamda o'z harakatlari uchun javobgarlikni sezish
bilan ham belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |