P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


ko‘radi  va  o‘y!ab  harakatga



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

ko‘radi 

va 


o‘y!ab  harakatga 

kirishadi. 

Kishi  o'zining  harakatlarini  oldindan  rejalashtiradi.

Rejalashtirish,  o'ylash,  fikr qilganda ham  puxta  fikr qilish  demakdir. 

Tafakkur  va  nutq  faoliyati  tufayli  biz  o'z  intilishlarimizni  juda  yaxshi 

anglab olamiz, harakatlarda ko'zda tutgan maqsadlarimiz juda ham aniq- 

lashadi,  qabul  qilingan  qarorlarimiz  yanada  mahkamroq  asoslanadi va  u 

asosli  qaror  boMadi,  qiladigan  harakatlarimiz  esa  rejalashgan,  rejali  va 

tartibli  boMadi. Tafakkur faoliyati vazminlik va o'zini tuta bilish,  qat’iyat 

va chidamlik  kabi  kuchli  iroda sifatlarini  belgilaydi.

Iroda kuchiga hissiyotlar juda katta ta’sir ko'rsatadi.  Hissiyotlar iroda 

jarayonining dastlabki fazasi bo'lmish intilishlar bilan mustahkam bogMiqdir. 

Hissiyotlar intilishning kuchiga ta’sir qiladi,  maqsad va uni amalga oshi­

rish  yo'li  va  vositalari  haqidagi  tasawurlami  oydinlashtiradi  hamda jon- 

lantiradi.  Motivlar kurashida hissiyotlarning roli kattadir.  Hissiyotlar biz­

ni  muayyan  bir  qarorga  kelishga  undaydi.  Bunda  hissiyotning  iroda ja­

rayonlaridagi  roli  ikki  turli  boMishi  mumkin:  ijobiy-faollashtiruvchi  va 

salbiy-tormozlashtiruvchi  rol  o'ynashi  mumkin.

Agar  biron  maqsadni  tasawur  qilish  kishining  kuchli  hissiyotlarini



yo'qotsa  va  bunday  hissiyot  ta’siri  bilan  kishi  asoslangan  qarorga  kelsa, 

bunday paytda hissiyotlar irodamizni faollashtiradi hamda uni mustahkam­

laydi.  Bunday  hollarda  hissiyotlar  maqsadga  erishishda  bizning 

qat’iyatimizni, kuchimizni, dadilligimizni, barqarorligimizni va sabotimizni 

ta’minlaydi.  Qilinadigan katta ishlarda yo'nalish,  ishonch, g'ayrat va ijo­

biy  ehtiroslarning  naqadar  katta  ahamiyatga  ega  ekanligi  hammamizga 

ma’lum.  Yuksak  siyosiy-ijtimoiy  va  axloqiy  hissiyotlar,  vijdoniy  burch 

hissi va xususan vatanparvarlik hissi irodamizni mustahkamlaydi, uni kuchli 

va  sabotli  qilib,  qo'yilgan  maqsadni  amalga  oshirishimizga  ishonch 

bag'ishlaydi.

Hissiyotlarimiz,  agar  irodamiz  qaratilgan  maqsadga  mos  kelmasa,  u 

holda  hissiyotlar  irodaga  salbiy  ta’sir  qilishi  mumkin.  Bunday  hollarda 

hissiyotlarning  ta’siri  irodani  tormozlashtiradi.  Ko'pincha  qat’iyatsizlik, 

beqarorlik va irodaning ojizligi shunday hissiyotlar ta’siri ostida voqe bo'ladi. 

Ba’zan  iroda kuchini  ishga solib,  ortiqcha  ixtiyorsiz  harakatlarni quwat- 

lovchi  hissiyotlami  cheklashga,  ularni  kuchsizlantirishga  yoki  batamom 

yo'qotib yuborishga to'g'ri keladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, mana shun­

day hollarda iroda kuchining alohida turi bo'lgan vazminlik va o'zini tuta 

bilish  sifatlari  ko'rinadi.

Kishining dunyoqarashi irodaga va iroda kuchining namoyon bo'Hshiga 

katta ta’sir ko'rsatadi.  Dunyoqarash kishilarning mehnat va ijodiy faoliyat- 

laridagi  har qanday  qiyinchiliklarni  yengishlarida  ularning  irodalarini  ha­

rakatga keltiruvchi buyuk kuchdir.  Ishonch-e’tiqodlar kishining intilishlari 

va harakatlarini  ongli  intilish  va harakatlar bo'Hshiga yordam beradi.  Inti- 

lishlarimiz va harakatlarimiz,  ongli intilish hamda harakatlar bo'lsa va ha­

rakatlarimiz qaratilgan maqsad muhim bo'lsa, bu harakatlar ham juda aniq, 

qat’iy va barqaror bo'ladi. Ulug' maqsadlar ulug' g'ayrat (energiya) tug'diradi.

Kishi  o'z  harakatlarida  asoslanadigan  axloqiy  tamoyillar  va  bu  ha­

rakatlarni amalga oshirishda dilidan kechiradigan axloqiy hissiyotlar kuchli 

iroda ko'rsatishda katta ahamiyatga egadirlar.





Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish