Maktab yoshidagi bolalarda idrokning o ‘sishi
Maktab yoshidagi bolalarda idrokning hamma turlari, asosan, ta’lim
va tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p daraja ta-
komillashadi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata bilish
qobiliyati o'sadi. Kuzata bilish muvaffaqiyatli o'qish uchun zarur shart-
lardan biridir. O'quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ulaming tafakkuri,
irodasi, qiziqish-havaslari bilan birgalikda o'sib boradi. Kuzatish obyekt-
larini tanlashda o'quvchilaming o'zlari tashabbus ko'rsata boshlaydilar.
O'quvchilar o'z idroklarini mustaqil idora qila oladilar. Ammo hamma
boshqa ixtiyorsiz jarayonlar singari, ixtiyorsiz idrok ham maktab yoshi
dagi bolalarda hali ko'p uchraydi. Shuning uchun ham o'quvchilarga
beriladigan material, ular tomonidan ixtiyorsiz va ixtiyoriy idrok qilishini
mo'ljallab berilmog'i kerak.
Fazo tasawurlari ham maktab yoshida ancha takomillashgan bo'ladi.
Jumladan, o'quvchilarda ko'z bilan chamalash qobiliyati ancha taraqqiy
qilgan bo'ladi. Boshlang'ich maktab o'quvchilari endi bu chog'da katta
yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan, to'g'ri chiziqni ko'z bilan
chamalab ikki teng bo'lakka bo'la oladilar, narsa va chiziqlami katta-kichiklik
darajasiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o'mini bu
lardan qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq
joylashganini taxminan to'g'ri belgilay oladilar. IV—V sinf o'quvchilari id
rok qilinayotgan masofani ko'z bilan chamalab, shu masofani bosib o'tish
uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblab oladigan bo'ladilar.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o'quvchilaming ko'z bilan chamalash
hamda narsalarning shakli va katta-kichikligini ajrata bilish qobiliyatining
yana yaxshiroq o'sishiga jismoniy tarbiya, chizmachilik, rasm, geometri-
ya, fizika darslari bilan shug'ullanish, shuningdek, geografiya kartalari va
o'lchov asboblaridan foydalanish katta yordam beradi. Katta masofalarni
ko'z bilan chamalash qobiliyatining o'sishiga ekskursiyalar, sayrga chi-
qishlar, kattalar bilan birgalikda dala va boshqa yerlarda mehnat jarayoni
da ishtirok etish yordam beradi.
Maktab yoshida vaqtni idrok qilish ham takomillashadi. O'quvchilar
vaqtning, hozirgi paytning «tez» yoki «sekin» o'tayotganini aniq sezadi-
lar. V—VI sinf o'quvchilari, katta yoshdagi odamlar singari, ikki daqiqa,
o'n daqiqa, bir soat, uch soat va shu kabi vaqtlarning o'tishini taxminan
ayta oladilar.
O'quvchilarda vaqtni yana aniqroq idrok qilish qobiliyati, asosan,
maktabda o'qish mashg'ulotlari to‘g‘ri uyushtirilishiga, mashg‘ulotlarni
muayyan vaqtga qarab taqsimlanishi va vazifalarni ma’lum bir o‘quv soati
(45 daqiqa) ichida tamom qilish talabiga bogiiq holda o‘sib boradi.
O'quvchilaming o'zlari ham mustaqil suratda bajarishlari lozim bo'lgan
turli darslarini tayyorlash uchun vaziyatni har bir fanga taqsimlab chi-
qishga majbur bo'ladilar. Darsga kech qolmasdan maktabga borib yetish
to'g'risida g'amxo'rlik o'quvchilardan vaqtning o'tishiga e’tibor berishni
talab etadi. O'quvchilar ma’lum bir ishni bajarish uchun lozim bo'lgan
ozmi-ko'pmi muddatni fikrda hisoblab chiqishga majbur bo'ladilar. Vaqt
o'lchovlarini o'rganish, doimo soatdan foydalanish ham vaqtni aniq va
to'g'ri idrok qilish qobiliyatini o'stiradi.
Katta yoshdagi odamlar singari, maktab bolalari ham suratda tasvir-
langan voqea va harakatni to'g'ri ko'ra va tushuna oladilar. To'qqiz-o'n
bir yashar bolalar narsalarning fazoda tutgan o'rnini va ulaming bir-biriga
nisbatlarini o'z rasmlarida to'g'ri tasvirlay oladigan bo'ladilar.
Maktab bolalari murakkab musiqa asarlarini zavq bilan tinglaydilar,
ular ton va yarim ton kabi ohanglarni ajrata oladilar, maktab xorida ish
tirok etadilar va har xil cholg'u asboblarida chalishni o'rganadilar.
Yoshlar — o'g'il va qiz bolalar —
murakkab musiqa asarlarini eshitish,
badiiy rasmlar ko'rish bilan shu asarlaming g'oyaviy ma’nosiga ham tushu-
nadigan bo'ladilar. Idrok qobiliyati bolalar ulg'ayib, ancha voyaga yetib
qolgan davrlarda yanada o'sib boradi. O'qish va mehnat jarayonida o'smir
va yoshlarda muayyan idrok obyektlari ustida o'z diqqatlarini ancha uzoq
vaqtgacha to'plab turish, murakkab kompleksli obyektlardan nazariy va
amaliy maqsadlarga qarab muhim va zarurlarini ajrata bilish qobiliyati hosil
bo'ladi va mustahkamlanib boradi. Yuqori sinf o'quvchilari endi shu yosh
da tabiat va jamiyat hayotiga doir hodisalar ustida ilmiy yo'sindagi kuza
tishlar olib bora oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |