P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


to ‘la   yoki  t o ‘la  bo'tm asligi



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

to ‘la

  yoki 


t o ‘la  bo'tm asligi

  mumkin.  Idrok­

ning  to'laligi  narsaning ayni  idrokda  aks  etgan  belgilarining  miqdori  va 

xilma-xilligi  bilan  xarakterlanadi.  Idrok  qanchalik  to'la  va  sermazmun



X.  IDROKNING  SIFATLARI


bo'lsa, u shuncha aniq bo'ladi.  Mazmunan to'liq bo'lmagan idrok obraz­

lari ayni vaqtda tussiz va siyqa bo'ladi.  Idrokning aniqligi  idrok obrazlari 

idrok  qilinayotgan  narsalarga  qanchalik  muvofiq  bo'lishida  bilinadi.  Id- 

rokda faqat idrok qilinayotgan narsaning ayni vaqtda mavjud bo'lgan belgi- 

lari  aks  ettirilsa,  u  aniq  idrok bo'ladi.  Idrokning  mazmunida  idrok  qili­

nayotgan narsada yo'q bo'lgan belgilar ham bo'lsa, u noaniq idrok bo'ladi. 

Bunday  belgilar  biron  sabab  bilan  awal  idrok  qilingan  narsalardan  olib 

qo'shiladi yoki xayolda yaratiladi. Yuqorida aytilganidek, har xil  illuziya­

lar ana shunday  noaniq  idroklar jumlasidandir.

Butun psixik hayotimizda,  faoliyatimizning hamma sohalari  va xusu- 

san o'qish-o'qitishda idrokning ahamiyati kattadir.  Shuning uchun hami- 

sha  idrokning  sifatiga  alohida  e’tibor berish  lozim  bo'ladi.  Psixik  hayo- 

timizning  butun  boyligi  sezgi  va  idroklarimiz  orqali  hosil  bo'lgan  maz- 

mundan voqe bo'ladi.  Idrok olamni bilish  faoliyatimizning boshlang'ich, 

asosiy momentidir.  Idrok qilish yo'li bilan hosil bo'lgan ma’lumotlar xoti- 

ramizda saqlanib qoladi va so'ngra ongimizning oliy jarayonlari — tafakkur, 

xayol,  iroda  faoliyati  uchun  asos bo'ladi.  Tasawurlarimizning  qanchalik 

to'la va ravshan bo'lishi  idrokning sifati bilan belgilanadi.  Idrok xilma-xil 

hissiyot  va xususan  estetik  hislar manbai bo'lib xizmat  etadi.  Shu  tuyg'u 

hissiyotlarning xususiyatlari tegishli  idroklarning u yoki bu sifatlariga hiy- 

la  darajada  bog'liq  bo'ladi.  Idrok sifat  atrof-tevarakdagi  sharoitni  to'g'ri 

va tez tushunib olish,  inson  faoliyatining har xil turlari  — o'yin,  mehnat, 

sport mashqi va musobaqalari uchun ahamiyati kattadir. Xususan, ta’lim- 

tarbiya  ishida  idrokning  sifatini  e’tiborga  olish  katta  ahamiyatga  egadir. 

O'qituvchi  bergan  har bir o'quv materialini  o'zlashtirish  uchun  o'quvchi 

awalo uni idrok qilmog'i-ko'rmog'i, eshitmog'i va hokazo kerak. O'quvchi 

idrok qilgan narsasini esda qoldiradi, tushunib oladi.  O'quvchi o'quv ma­

terialini  qanchalik tez, to'la,  ravshan va aniq  idrok qilsa,  u bu materialni 

shunchalik  yengil  va  to'g'ri  tushunib,  fahmlab  oladi,  shunchalik  oson, 

to'la va  mustahkam  bilib  oladi.

Shuning  uchun  o'qish  o'qitishda  idrokning  sifatiga  oid  xususiyatlami 

e’tiborga olish, o'quv materialini eng yaxshi usulda idrok qilishni ta’min etish 

lozim, o'qish-o'qitish ishini shunday tashkil etish kerakki, o'quvchilar materi­

alni  tez,  to'la,  ravshan  va. aniq  idrok  qila  oladigan  bo'lsin.  Buning  uchun 

o'quvchilar idrokning sifati  qanday sabablaiga bog'liq ekanini bilishi kerak.

Idrokning sifati  — uning tezligi,  to'laligi,  ravshan va aniqligi  — tashqi 

shartlar,  organik va psixik shartlar bilan belgilanadi.  Biz idrok qilayotgan 

narsa va  hodisalaming xossalari  idrokning sifatini  belgilovchi tashqi  yoki 

obyektiv  shartlardir.  Aniq  va chiroyli  qilib  ishlangan  rasm,  kitob  harfla- 

rining aniqligi,  ravshan va to'g'ri talaffuz qilingan nutq tez, oson, to'la va 

aniqroq  idrok  qilinadi.  Idrok  qilinayotgan  paytdagi  sharoit  ham  idrok



sifatini ta’minlovchi obyektiv shartlar jumlasidandir.  Masalan, ko'rish  id- 

roki  uchun  joyning  yaxshi  yoritilgan  bo'lishi,  eshitish  idroki  uchun  — 

jim-jitlik  alohida  ahamiyatga  ega.  Ko'rish  yoki  eshitish  lozim  bo'lgan 

narsalarga  nisbatan  masofa  ham  shunday  shartlardandir.

Nerv sistemasi  va sezgi  organlarining  holati  idrok sifatini  belgilovchi 

organik shartdir.  Umuman  idrokning yaxshi  sifati  nerv sistemasi va sezgi 

organlarining  sog'lom,  tetik  bo'lishiga  bog'liqdir.  Nerv  sistemasi  kasal, 

charchagan yoki biror zahar ta’sirida buzilgan bo'lsa, idrokning sifati pasa- 

yadi;  idrok  qilish  sekinlashadi,  idrok  obrazlari  xiralashadi,  ba’zan  esa 

juda ravshandek bo'lsa ham aslida noaniq,  noto'g'ri bo'ladi. Sezgi organ­

larida biror nuqson bo'lsa,  idrokning sifati ham o'zgaradi.  Masalan,  eshi­

tish va ko'rish organi zaif bo'lganda eshitish va ko'rish idroki to'la va aniq 

bo'lmaydi.  O'qish-o'qitish  ishida  ko'rish  va  eshitish  organlari,  ayniqsa, 

katta  ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun  o'qituvchi  har  bir  o'quvchining 

sezgi  organlari  (tibbiyot tekshirishiga qarab)  qanday holatda ekanini bili­

shi  kerak.  Ko'zi  yaxshi  ko'rmaydigan  yoki  qulog'i  yaxshi  eshitmaydigan 

o'quvchilami oldingi partalarga o'tkazish zarurdir. Shunday hollar uchray- 

diki,  ayrim  o'quvchilar  dars  materialini  puxta  esga  olib  qola  olmaslik 

yoki,  uni  o'qib  ololmaslikdan  emas,  balki  yaxshi eshita olmasliklari  yoki 

ko'ra  olmasliklari  oqibatida  o'zlashtira  olmaydilar.

Mavjud tasawurlar, tajriba va bilimlar,  tafakkurning taraqqiyot  dara­

jasi,  diqqatning  faolligi,  kishining  hislari,  qiziqish-havaslari  va  manfaat­

lari  idrokning sifatini  belgilovchi 


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish