da uy-ro'zg'or mehnatida ishtirok etish va o'yin faoliyati tufayli ixtiyoriy
idrok qobiliyati ham o'sa boshlaydi. Ixtiyoriy idrok bolalarda tafakkur,
iroda va ixtiyoriy diqqatning o'sishi bilan birga tarkib topadi. Maktab
laydi. Kuzata bilish qobiliyatining o'sishiga tabiat burchaklarida olib bo
Maktabgacha tarbiya yoshida fazoni idrok qilish qobiliyati ancha taraq
qiy qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'yin vaqtida, maishiy
hayotda turli-tuman narsalar bilan turli ish-harakatlar bajaradi. Bola ko'p
yuguradi, ma’lum masofagacha yugurib yuradi. U rasm soladi, loydan
biron narsa qiladi, tuzish-ko'rish bilan shug'ullanadi. Bu ishlaming ham
masi bolaning fazo idroklarining o'sishiga yordam beradi. Bola ikki
o'lchamli va uch o'lchamli (tekis va hajmli) narsalarni ajrata biladi. U
ancha uzoq masofada turgan narsalarning shaklini, katta-kichikligini, qaysisi
uzoq, qaysisi yaqinroq turganini mo'ljal bilan ayta oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshida vaziyatni idrok qilish qobiliyati ham ta-
komillashadi. Shu yoshdagi bola «endi», «keyin», «ilgari», «awal» hamda
«kech kelish», «vaqtida kelish», «uzoq poylash», «tez bo'lish» kabi so'zlaming
ma’nosiga tushunadigan bo'ladi. Demak, bu yoshdagi bolalar vaqt haqida
tasawur va ba’zi tushunchalarga ega bo'ladilar. Bolalaming o'yin faoliyati
ularda vaqt hissining o'sishiga anchagina yordam beradi. O'yin vaqtida
doimo o'z harakatlari va o'yinga qatnashgan sheriklarining harakatlariga
e’tibor berishga, harakatlarning sur’atini, jadalligini hisobga olishga, o'yin
(harakat) natijasini kutishga to'g'ri keladi. Shuningdek, bolalaming kuchi
ga yarasha mehnat qilganda ham harakatdagi ildamlik, chaqqonlik yoki
sustkashlikka e’tibor berishi zarur bo'lib qoladi. Ko'pincha kattalar ham
bolaning biron yumushni jadallik, chaqqonlik bilan bajarishini talab qiladi
lar. Bolalar katta yoshdagi kishilarning «tez bo'l» degan buyruqlarini bajar
ish uchun harakatlarini tezlatishga tirishadilar. Bolalaming o'zlari ham bi
ron narsani «tezroq» bajarish uchun «jadal» harakat qiladilar.
Bolalar bog'chasida va oilada belgilangan qat’iy rejim bolalarda vaqt-
hissini o'stirishga yordam beradi. Bolalar har kuni belgilangan bir mahal-
da uxlashlari, ovqat yeyishlari, bir ish yoki o'yin va hokazolar bilan mashg'ul
bo'lishlari lozim bo'ladi. Olti-yetti yashar bolalar vaqtni soatga qarab bila
boshlaydilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ancha murakkab musiqa asar-
larini cholg'u va ashulani tinglash va tushuna bilish qobiliyati o'sadi.
Bolalar bog'chada musiqa asbobida chalingan ma’lum bir kuyga moslab
yuradilar, chopadilar, raqs tushadilar. Musiqa ohanglarini ajrata bilish
qobiliyati ham bu yoshda ancha ulg'ayadi, shu sababli, bolalar musiqa va
ashulani o'rganadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda surat va rasmlarni ko'rib
tushunish qobiliyati o'sa boshlaydi. Uch-to'rt yashar bolalar rasmda tas
vir qilingan narsalarni birma-bir ko'rsatadilar, ammo shu narsalarni rasmda
tasvirlangan ish-harakatlarini va uni natijalarini hamma vaqt to'g'ri idrok
qilavermaydilar. Olti-yetti yashar bolalar mazmuni ular uchun tushunarli
bo'lgan surat va rasmlami ko'rganlarida uni hikoya qilib bera va muhoka-
ma qila oladilar, suratda tasvirlangan harakat va voqealami ham ko‘rib
tushuna va ajrata biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: