Muqaddima


MAYDA TOMIRLARDA QONNING OQISHI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MAYDA TOMIRLARDA QONNING OQISHI 
(MIKROTSIRKULYATSIYA) 
 
     Yurak va tomirlar tizimining asosiy vazifasi qonni kapillyarlardan oqib o‘tishi uchun 
me‘yoriy bosimni ta‘minlashdan iborat. 
     Kapillyarlar  –  qon  tomir  tizimining  faoliy  ahamiyati  bo‘yicha  eng  muhim  qismi. 
Ularda  qon  va  to‘qimalararo  suyuqlik  o‘rtasida  modda  almashinuvi  sodir  bo`ladi. 
Bunday  almashinuv  venulalarda  ham  kuzatiladi.  Venulalar,  arteriolalar,  metarteriolalar 
(met – o‘rta) kapillyarlar orqali qon oqishini boshqarishda ishtirok etadi. Shuning uchun 
bu  tomirlar  umumiy  faoliy  birlik  hisoblanadi.  Arteriola,  metarteriola,  kapillyarlar  va 
kichik venulalar mikrotsirkulyatsiya tomirlar havzasini tashkil qiladi (40-rasm). 
     Kapillyarlar  radiusi  4,5-3,0  mkm  atrofida,  uzunligi  o‘rtacha  750  mkm.  Odam 
organizmida  40  milliardga  yaqin  kapillyar  bo`lib,  ular  orqali  modda  almashadigan 
samarali  yuza  1000  m
2
  .  1mm
3
  to‘qimada  600  ga  yaqin  kapillyar  bor. 100  g  to‘qimaga 
to‘g‘ri keladigan kapillyarlar yuzasi 1,5 m
2
 ga yaqin. 
     Massa  birligiga  to‘g‘ri  keladigan  kapillyarlar  soni  to‘qimalarning  faolligiga  bog‘liq. 
Yurak muskulida kapillyarlarning soni skelet muskulidagidan 2 baravar ko‘p. Miyaning 
kulrang moddasi oq moddasiga nisbatan kapillyarlarga boyroq. 
     Ko‘pincha  ―chin‖  kapillyarlar  arteriolalarni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  venulalar  bilan 
bog‘larnaydi.  Ular  metarteiolalardan,  asosiy  kanaldan  to‘g‘ri  burchak  hosil  qilib 
boshlanadi.  Metarteriola  va  asosiy  kanalni  tashkil  qiluvchi  tomirlar  devoridagi  silliq 
muskul  tolalari  ularning  proksimal  qismidan  distal  qismiga  qarab  kamaya  boradi. 
Metarteriolalardan  kapillyarlarning  boshlanadigan  qismida  bu  silliq  muskul  tolalari 
prekapillyar  sfinkterlarni  hosil  qiladi  Kapillyarlarning  boshqa  qismlarida  qisqaruvchi 
unsurlar  yo‘q.  ―Chin‖  kapillyarlar  orqali  oqib  o‘tadigan  qon  miqdori  prekapillyar 
sfinkterlarning qisqarib, bo‘shashiga bog‘liq. 
     Mikrotsirkulyator  tomirlar  havzasida  arteriovenoz  anastomozlar  ko‘p  uchraydi.  Bu 
anastomozlar arteriolalarni venulalar bilan bevosita bog‘laydi. Anastomozlarning devori 
silliq  muskul  tolalarga  boy.  Ularning  soni  qoi,  oyoq,  quloq  terisida  ko‘p.  Tananing  bu 
sohalaridagi anastomozlarning termoregulaytsiyada ahamiyati katta. 
     Kapillyarlarda  modda  almashinuvi  jarayonlari.  Kapillyarlarning  moddalar 
almashinuvida ishtirok etish darajasi ularning tuzilishiga bog‘liq. 
     Devorining  ultrastrukturasiga  ko‘ra  kapillyarlar  uch  turga  bo`linadi:  1)  devori 
uzluksiz,  butun  kapillyarlar;  2)  fenestratsiyalangan,  devori  romsimon  teshikli 
kapillyarlar;  3)  devorlari  uzuq-yuluq  kapillyarlar.  Bu  kapillyarlarni  somatik, visseral  va 
sinusoid turdagi kapillyarlar ham deyishadi. Birinchi turdagi kapillyarlarning devori jips 


 
 
152 
 
joylashgan  endoteliy  hujayralardan  iborat.  Endoteliy  hujayralarning  membranasidagi 
teshiklar  ham  juda  kichik.  Bunday  kapillyarlar  devori  orqali  suv,  elektrolitlar  va  kichik 
molekulali  moddalar  almashinadi.  Organizmda  juda  ko‘p  tarqalgan  bo`lib,  u  silliq  va 
targ‘il muskullarda, yog‘da‘ o‘pkada ko‘p uchraydi. 
     Ikkinchi  turdagi  visseral  kapillyarlar  devorida  diametri  0,1  mkm  li  teshikchalar 
(fenestrlar)  bor.  Bu  turdagi  kapillyarlar  so‘rilish  jarayoni  jadal  kechadigan  a‘zolarda, 
masalan, buyrakda va ichakning shilliq pardasida ko‘p uchraydi. 
     Uchinchi turdagi sinusoid kapillyarlar devori ko‘p yerda uzilgan bo`lib, bbu joylardan 
suyuqlik,  molekulalari  katta  moddalar  va  qon  hujayralari  o‘tishi  mumkin.  Bu  turdagi 
kapillyarlar ko‘mikda, jigar va taloqda uchraydi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish