157
BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Gemodinamikaning davomli boshqaruv mexanizmlariga quyidagilar kiradi: 1)
buyraklarning suyuqlik hajmini o‘zgartirish jarayoni: 2) vazopressin: 3) aldosteron.
Buyraklarning suyuqlik hajmini o’zgartirishi. Qon bosimi ko‘tarilishi natijasida
buyraklar orqali suyuqlik ajralaishi ko‘payadi. Natijada qon hajmi kamayadi. Bu o‘z
navbatida venalar orqali yurakka keladigan qon miqdorini va sistolik hajmni
kamaytiradi. Sistolik hajmning kamayishi qon bosimini me‘yoriga keltiradi.
Qon bosimi pasayganda aksincha hol ro‘y beradi. Shuni aytb o;tish kerakki, qon
bosimi sal oshganda ham buyraklar orqali suyuqlik ajralishi sezilarli darajada ko‘payadi.
Oshib ketgan arterial bosimni siydik ajralishini ko‘paytiradigan dorilar yordamida
pasaytirish mumkin.
Vaozpressin yoki antidiuretik gormon o‘rta va yuqori dozalarda tomirlarni (asosan
arteriolalarni) toraytiradi. Ammo bu gormonning asosiy ta‘siri buyraklarda suvning
so‘rilishini ta‘minlashdan iborat.
Vazopressin suyuqlik hajmini boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Qondagi bu gormon
miqdorining reflektor o‘zgarishlari tomirlardagi suyuqlik hajmi barqarorligini
ta‘minlaydi. Qon hajmi ko‘paysa, vazopressinning qondagi miqdori 10-20 daqiqada
kamayadi. Natijada buyraklarda suvning qayta so‘rilishi kamayadi, siydik hajmi ortadi,
tomirlarda qon hajmi kamayadi, bosim pasayadi.
Aldosteron. Buyrak usti bezlarining bu gormoni buyraklarda Na
+
qayta so‘rilishini
tezlashtiradi, suv yo‘qotish kamayadi, qon hajmi ko‘payib, bosim ko‘tariladi. Aldosteron
tomirlarning silliq muskullarini angiotenzin II ga sezgirligini oshiradi. Angiotenzinning
ta‘siri bir necha soatdan keyin boshlanib, bir necha kun davom etadi. Aldosteronning
qondagi miqdori haddan tashqari ko‘payib ketsa, organizmda suv va tuzlar yig‘ilib
qoladi, gipertenziya holati rivojlanadi. Gormon yetishmovchiligi esa gipotoniyaga olib
keladi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa ayon bo`ladiki, gemodinamikani boshqarishda
ishtirok etadigan mexanizmlardan hech qaysisi faqat bir ko‘rsatkichga ta‘sir qilmaydi.
Ularning deyarli hammasi qay darajada bo`lmasin yurakdan haydalayotgan qon
miqdoriga, qon oqimiga bo`lgan umumiy qarshilikka, tomirlar sig‘imiga va ulardagi
qonning hajmiga ta‘sir qiladi. Qon bosimi va hajmi doimiyligini uch pog‘onadagi
boshqaruv mexanizmlari ta‘minlaydi. Qon bosimining qisqa muddatli o‘zgarishlarini
tomirlar tizimining hajmini o‘zgartiruvchi mexanizmlar me‘yoriga keltiradi. Bosimning
o‘zgarishi davomli bbo`lsa, qon hajmiga ta‘sir qiluvchi mexanizmlar ishga tushadi.
Dastlab, qonda suv va elektrolitlar miqdori o‘zgaradi. Keyin esa plazmadagi oqsillar
miqdori va shaklli elementlar miqdori ham o‘zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: