158
soddalashtirsak, qon aylanishini boshqarishda markaziy nerv tizimining ishtirokini to‘rt
bosqichga bo`lish mumkin.
Orqa miya markazlari eng pastki bosqichda turadi. Bu markazlarning qon aylanishiga
ta‘siri orqa miya ko‘ndalang kesilganda yaqqol namoyon bo`ladi. Agar kesim oxirgi
bo‘yin segmenti va birinchi ko‘krak segmenti o‘rtasiga tushsa, hayvon mustaqil nafas
olish imkoniyatini saqlab qoladi. Bunday hayvonning qon bosimi avvaliga keskin
pasayib ketadi, hayvon spinal karaxtlik holatiga tushadi. Keyin bosim asli holiga keladi.
Endi hayvonlarda qon aylanishni o‘zgargan sharoitga bemalol moslashishini kuzatish
mumkin. Masalan, tomirlardagi qonning 25% tashqariga chiqarilsa, bosim sog
hayvonlarda kuzatiladigan tezlikda asli holiga keladi. Bu moslashish reaksiyasini orqa
miyadagi simpatik markazlar ta‘minlaydi. Tabbiiy sharoitda orqa miya markazlarining
gemodinamikaga ta‘siri uncha sezilarli emas.
Ayni vaqtda miya stvolidagi markazlar qon oqishini boshqarishda yetakchi rol
o‘ynaydi. Bu iikinchi bosqichdagi markazlarni uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigida
joylashgan tuzilmalar tashkil qiladi. Ulardan biri V.F.Ovsyannikov kashf etgan
tomirlarni harakatlantiruvchi markazdir. Markaz shikastlanganida qon bosimi 60-70
mm.s.u. gacha pasayib ketadi. Demak, tabiiy sharoitda tomirlarni harakatlantiruvchi
markaz doimiy tonusga ega bo`lib, tomirlarni toraytirib turadi. Markaz
faoliyatini batafsil
o‘rganish uning ikki qismdan – pressor va depressor qismlardan tuzilganligini ko‘rsatdi.
Pressor qismining qo‘zg‘alishi arteriyalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Depressor
markaz qo‘zg‘alganda, arteriyalarni kengaytiradi va qon bosimini pasaytiradi. Miyaning
stvol qismidagi markazlar organizm tinch holatda bo`lganda gemodinamikaning asosiy
ko‘rsatkichlarini bir me‘yorda saqlab turish qobiliyatiga ega. Asosan tomirlarni
toraytiruvchi simpatik nervlarni tonusini o‘zgartirish yo`li bilan ta‘sir qiladi. O‘z
navbatida bu nervlar to‘nusi tomir refleksogen sohalaridan keladigan afferent impulslar
ta‘sirida o‘zgarib turadi. Afferent impulslarning kuchayishi vazokonstriktorlarning
tonusini
pasaytirib,
tomirlarni
kengaytiradi.
Bu
impulsatsiyaning
kamayishi
vazokonstriktorlar
tonusini oshirib, tomirlarni toraytiradi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi markazga qo‘shni nafas markazidan va markaziy nerv
tizimining yuqori qismlaridan keladigan impulslar ham ta‘sir qiladi. Yuqori
markazlardan birinchi galda gipotalamusning gemodinamikaga ta‘siri kuchli. Miyaning
bu qismi stvol qismidagi markazlarni uzluksiz nazoratda tutadi. Ularning tonusi va
reflektor faoliyatini o‘zgartirib, tana qismlari o‘rtasida qonni qayta taqsimlaydi. Bundan
tashqari, gipotalamus turli hissiyotlar(qo‘rqish, g‘azablanish, quvonch) bilan bog‘liq
gemodinamika o‘zgarishlarini shakllaydi. Gipotalamus qon aylanishini boshqaruvchi
mexanizmlarning uchinchi bosqichi bo`lsa, to‘rtinchi eng yuqori bosqichi miya yarim
sharlari po‘stlog‘idir. Qon aylanishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatuvchi sohalar bir nechta.
Birinchidan, bu premotor va motor sohalar. Ularning qo‘zg‘alishi pressor reaksiyalarni
yuzaga chiqaradi. Yarim sharlarning medial yuzasidagi sohalar, peshona va tepa
sohalarining bazal yuzasi ham qo‘zg‘alganda qon aylanishiga ta‘sir qilib, bosimni
pasaytiradi.
Miya po‘stlog‘i rejalashtirilgan xatti-harakatlardan oldin maqsadga erishish uchun
zarur bo`lgan gemodinamika o‘zgarishlarini shakllaydi. Bu muhim reaksiyalar vegetativ
nerv tizimi tomonidan boshqariladigan qon aylanishini somatik nervlar yordamida idora
etiladigan skelet muskullarining faollik darajasiga moslashishini ta‘minlaydi.
Faoliyat boshlanishidan oldin rivojlanadigan gemodinamika o‘zgarishlari shartli
refleks yo`li bilan yuzaga chiqishi mumkin.