Muqaddima


Kislorod  yetishmovchiligi



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

     Kislorod  yetishmovchiligi.  Qonda  O
2
  ning  kamayishi  periferik  tomirlarni 
(arteriolalarni)  kengaytiradi.  Tabiiy  sharoitda  modda  almashinuvining  va  O
2
  sarfining 


 
 
154 
 
jadallashuvi  a‘zolarning  faolligi  kuchayganda  kuzatiladi.  O
2
  ning  qondagi  tarangligi 
pasayadi, tomirlar kengayib, qon oqish hajmi ortadi. 
     Metabolizm  moddalari.  Faolligi  oshgan  to‘qimalarda  miqdori  ko‘payadigan  qator 
moddalarning  aksariyati  (CO
2
,  H
+
,  piruat,  ADF,  AMF,  adenozin)  tomirlarni  sezilarli 
darajada  kengaytirish  qobiliyatiga  ega.  Ularning  ta‘siri  mikrotsirkulyator  tomirlarda 
yaqqol ko‘rinadi. 
     Biologik  faol  moddalar.    Mahalliy  qon  oqishini  boshqarishda  ba‘zi  biologik  faol 
moddalarning ahamiyati katta. Bulardan kininlar, gistamin, adrenalin va noradrennalinni 
ko‘rsatish mumkin. 
     Hazm  tizimi  bezlari  qo‘zg‘alib,  shira  ishlab  chiqara  boshlaganda  qon  tomirlar 
kengayadi. Bu asosan bez hujayralari ishlab chiqaradigan kininlar samarasi hisoblanadi. 
Masalan,  bez  hujayralar  kallikrein  degan  ferment  ishlab  chiqaradi.  Bu  ferment 
plazmaning  α-globulinini  parchalab,  polipeptid  kallidin  paydo  bo`lishiga  olib  keladi. 
Kallidin  bradikininga  aylanadi.  Kallidin  va  bradikinin  tomirlarni  sezilarli  darajada 
kkengaytirish qobiliyatiga ega. 
     Gistamin asosan teri, shilliq pardalar jarohatlanganda ajraladi. U bazofillar va boshqa 
hujayralardan  to‘qimalar  jarohatlanganda  erkin  holatga  o‘tadi.  Gistamin  arteriola  va 
venulalarni kengaytiradi, kapillyarlar devori o‘tkazuvchanligini oshiradi. 
     Adrenalin  va  noradrenalin  buyrak  usti  bezlarining  mag‘iz  qismida  oz  miqdorda 
uzluksiz ishlab chiqariladi. Bu gormonlar hamma tomirlarning silliq muskullariga ta‘sir 
ko‘rsatadi.  Noradrenalin  asosan  tomirlarni  toraytiradigan  nervlarning  mdiatori  sifatida 
xizmat qilsa, adrenalin gormon rolini bajaradi. 
     Buyrak  usti  bezidan  ajraladigan  katexolarninlarning  80%  adrenalinga,  faqat  20% 
noradrenalinga  to‘g‘ri  keladi.  Vaziyatning  turli  o‘zgarishlari  (qo‘rqish,  g‘azablanish  va 
hokazo)  katexolarninlarni  qonga  o‘tishini  tezlashtiradi.  Adrenalin  ba‘zi  tomirlarni 
toraytiradi, ba‘zilarini esa kengaytiradi. 
     Katexolarninlarning qon tomirlar silliq muskullariga ta‘siridagi farqni qon tomirlarda 
adrenoretseptorlarning  ikki  turi  (α-  va  β-  adrenoretseptorlar)  borligi  bilan  izohlash 
mumkin. 
      α-  adrenoretseptorlarning  qo‘zg‘alishi  tomir  muskullarining  qisqarishiga,  tomirning 
torayishiga  olib  keladi.  β-  adrenoretseptorlarning  qo‘zg‘alishi  tomirlarni  kengaytiradi. 
Noradrenalin 
ko‘proq  α-  adrenoretseptorlarga,  adrenalin  esa  α-  va  β- 
adrenoretseptorlarga ta‘sir etadi. 
      Ko‘pchilik  qon  tomirlarda  retseptorlarning  ikkala  turi  ham  bor.  Ammo  ularning 
nisbati bir xil emas. Agar qon tomirda α- adrenoretseptorlar ko‘proq bo`lsa, adrenalin uni 
toraytiradi, β- adrenoretseptorlar  ko‘p bo`lsa – kengaytiradi. 
     Shuni  ham  aytib  o‘tish  kerakki,  β-  adrenoretseptorlarning  qo‘zg‘alish  bo‘sag‘asi  α- 
adrenoretseptorlarnikiga  qaraganda  past.  Demak,  qonda  adrenalin  miqdori  kam 
(fiziologik)  bo`lsa,  u  faqat  β-  adrenoretseptorlarni  qo‘zg‘atib,  tomirlarni  kengaytiradi. 
Qonda  adrenalin  ko‘payib  ketsa,  α-  adrenoretseptorlar  ham  qo‘zg‘aladi,  tomirlar 
torayadi. 
     α-  va  β-  adrenoretseptorlar  birdan  qo‘zg‘alsa,  α-  adrenoretseptorlarning  qo‘zg‘alish 
samarasi ustun chiqadi – tomir torayadi. 
     Qon  aylanishini  boshqarishda  mahalliy  mexanizmlarning  roli  katta.  Ammo  bu 
mexanizmlarning  o‘zi  qon  aylanishini  muhitning  tez  o‘zgarishlariga  toia  moslashtira 
olmaydi.  Bunga  mahalliy  mexanizmlar  bilan  bir  qatorda  markaziy  boshqaruv 
mexanizmlari faolligi tufayligina erishish mumkin. 


 
 
155 
 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish