O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


Fuqaro muxofazasining himoya  qurilmalari



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/256
Sana01.09.2021
Hajmi4,77 Mb.
#161663
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   256
Bog'liq
chaqiriqqa qadar boshlangich tajyorgarlikni tashkil etish va uni oqitish metodikasi (1)

Fuqaro muxofazasining himoya  qurilmalari.  
Fuqaro  mudofasi  qurilmalari  dushman  tomonidan  qirg‘in  qurollarini  ishlatish  havfi 
bo‘lgan paytda yoki atom elektr stansiyasida ofat bo‘lgan vaziyatda aholini zaxarlovchi radiaktiv 
moddalardan  kimyoviy  va  bakteriali  qurollardan  mudofaalanishning  ishonchli  qo‘rg‘oni 
hisoblanadi.  Mudofaalanish  qurilmalari  mudofaalanish  usuliga  qarab  mudofaa  joylari  va 
radiatsiyadan panalanish o‘rinlariga bo‘linadi.  
Mudofaa  joylari  –  bu  maxsus  qurilma  yadroviy  portlashning  zaralovchi  faktorlaridan 
zaxarlovchi moddalardan bakterial qurollardan himoyalanish vositasidir.  
Mudofaa  joylari  mudofaalanish  manzili  va  radiatsiya  quroliga  bo‘linadi.  Bu  maxsus 
joylar zaxarlovchi faktorlardan, shuningdek yuqori issiqlik chiqaruvchi portlovchi bombalardan, 
gazlardan va o‘tlardan insonlarni mudofaalash uchun quriladi. 
Panalanish joylari qoidaga muvofiq ikkidan kam bo‘lmagan kirib chiqish eshiklari bilan 
ta’minlangan  bo‘ladi.  Panalanish  joyida  bundan  boshqacha  ofat  yuz  bergan  taqdirda  chiqish 


uchun  qo‘shimcha  eshik  qo‘yiladi.  Keyinchalik  o‘sha  erlarda  narvon  bilan  tashqariga  chiqish 
uchun  mo‘ljallangan  eshikni  quyish  mumkin.  Ko‘p  o‘rinli  (300  dan  ortiq  odam)  qurilishlarda 
quriladigan  eshiklarning  bittasiga  shilyuzli  daxliz,  zaxarloangan  havodan  mudofaa  qilinadigan 
sirtqi  va  ichki  shamol  kirmaydigan  eshiklar  jihozlanadi.  Bunday  joylarning  mudofaa  qilish 
xususiyati bemalol kirib chiqishni ta’minlaydi. Havo tozalash sistemasi qoidaga muvofiq havoni 
janglardan tozalovchi va suzib almashtiruvchi ikki rejimda ishlaydi. U havoni to‘liq tozalab, o‘z 
holiga  keltiradi.  Mudofaalanish  joylarida  suv  bilan  ta’minlanuvchi  kanalizatsiya,  iltuvchi  va 
yorig‘lantiruvchi  sistemalarning  turli  tarmoqlari  bilan  bog‘lanishi  ixchamlashtiriladi.  Ular 
zararlangan taqdirda o‘zidan qarshilik chiqaruvchi ko‘chma matorlar bilan yorug‘lantiriladi, suv 
saqlash idishlari, shuningdek iflosliklarni yig‘ib solish uchun idishlar bilan ta’minlanadi. Bunda 
umuman  iliqlik  ta’minlash  choralari  ishlanadi.  Ulardan  tashqari,  nazorat  uchun  komplekslar 
mudofa kiyimlari, yong‘inni o‘chiruvchi qurollar va asboblar yig‘indisi tayyor xolda saqlanadi.  
Radiatsiyadan  mudofalanish  joylari  –  bu  asboblarni  ionlashtirish  nurlaridan,  radiaktiv 
zaharlangan  erlarda  zaxarlanishdan  saqlanishni  ta’minlaydi.  Ular  bundan  boshqa  kuchli 
portlagichlarga  ega  nurlardan  radiatsiyaning  o‘tishidan  etarli  miqdorda  portlash  to‘lqinlarining 
urilishdaridan  zaharlovchi  radiaktivli  moddalarning  va  bakteriali  qurolning  ta’siridan  saqlaydi. 
Ko‘p qavatli joylarning erto‘lalarida radiatsiyadan saqlansa bo‘ladi.  Bunday saqlanish joylarini 
kuzatishda ishlab chiqarishdagi temir, beton elementlari, g‘isht,  yog‘och materiallari va toshlar 
hamda xodalardan foydalanish mumkin. 
Radiatsiyadan  saqlanish  maqsadida  barcha  yaroqli  ashyolardan  erto‘lalar,  poliz 
maxsulotlari saqlanadigan omborlar,  chuqur erlar, shuningdek devorlari panalanish xususiyatiga 
ega  bo‘lgan  er  ustidagi  imoratlardan  foydalaniladi.  Uyning  panalash  xususiyatlarini  ortirish 
uchun deraza va eshiklarning o‘rnini tuproq bilan to‘ldirib pana joy ishlanadi. Moboda zarurlik 
topilsa sirtqi devorning er ustidagi tomoni tekshirilib tuproq bilan ko‘miladi. 
Barcha  eshiklar  kigiz  bilan  yoki  yumshoq  gazlama  bilan  tig‘iz  qilib  yopiladi. 
Panalaniladigan  erga  (300  odamgacha  mo‘ljallangan  bo‘lsa),  tabiiy  havo  oqimi  bilan 
shamollatgich qo‘yiladi. Bunda so‘ruvchi quti shamollatgichdan 1,5-2 m yuqori qo‘yiladi. 
Radiatsiyadan  panalanish  joylarining  mudofaalanish  xususiyati  radiaktiv  nurlarining 
ojizlik  kaeffitsienti  bilan  baholanadi.  4-jadvalda  bir  qancha  joylarning  mudofaa  xususiyatlari 
ko‘rsatilgan. 
 
Imoratlarning turlari 
Radiatsiyaning ojizlik kaeffitsienti 
Birinchi qavatlarning ichidagi xujralar: 
    ham ikki qavatli imoratlar 
    yog‘ochdan qurilgan devorlar 
    g‘ishtdan qurilgan devorlar 
Ko‘p qavatli joylarning yuqori qavatining ichki 
xujralari: 
   bir qavatli va ikki qavatli 
   imoratlarning erto‘lalari 
   yog‘ochdan ishlangan bo‘lsa  
   toshdan ishlangan bo‘lsa 
Ko‘p qavatli imoratlarning erto‘lalarining 
o‘rtacha bo‘limi   
 
 

5-7 
50 
 
 
 
7-12 
200-300 
 
500-1000 
  
Erto‘lalar  bilan  uskunalangan  imoratlarning  ichidagi  xujralarning  mudofaa  xususiyati 
bir  necha  metrga  ortadi.  SHunday  qilib,  yog‘ochdan  tiklangan  uylar  kaeffitsienti  taxminan  100 
gacha, toshdan ishlangan uylar 800 minggacha bqladi. Uskunalangan pana qrni radiatsiyaning 7-
12  m  ga  pasaytiradi.  Uskunalangani  esa  350-400  m  ga  kamaytiriladi.  Oddiy  tozalanish 
o‘rinlariga usti yopilmagan va yorilgan erto‘llar kiradi. 
 
Er  to‘la  erning  ustidagi  imoratlardan  yuqori  bo‘lib,  qor,  yomg‘ir  suvlari  ichiga 
oqib  ketmaydigan  bo‘lishi  kerak.  Er  to‘la  avval  tepasi  ochiq,  bostirilmagan  turda  quriladi. 


Uzunasi  15  m  dan  kam  bo‘lmaydi.  CHuqurligi  1,8-2  m,  eni  –1,1-1,2  m  bo‘ladi.  Erto‘laning 
uzunligi  bir odamga 0,5-0,6 m  hisobida belgilanadi.  Erto‘lada odamlarning o‘rtacha joylashishi 
10-15 odam, eng kattasida 50 odamgacha joylashadi. 
 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish