Konsepsiyaning ikkinchi bo’limi “Tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsad va
vazifalari» deb nomlanadi, unda tadbirning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy
axloqiy tarbiyalashda boy milliy, ma’naviy – tarixiy an’analarga, urf-odatlari
umumbashariy qadiriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, shakl va vositalarni
ishlab chiqib amalga joriy etishdir, ko’rsatiladi.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va
jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini xar tomonlama ochish uchun
imkoniyatlar yaratishdan iboratligi takitlanadi. Belgilangan maqsadlarga erishish va
vazifalarni amalga oshirish uchun yo’riqlar beriladi. Shu bilan birga tarbiyaning
asosiy tizimi ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |