4.2. XIV-XV asrlarda O‟rta Osiyoda kartografiyaning rivojlanishi
XV asrning birinchi yarmi O‘rta Osiyo va Xuroson tarixida uyg‘onish davri,
iqtisodiyot va madaniyat, savdo-sotiq, fan va qurilish yuksalgan davr bo‘lib
hisoblanadi. Shu davr geograf-sayyohlaridan biri Xofizu Abru, uning asli ismi
Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfilloh al-Xavofiy (1362-1431). U temuriylar saroyi
tarixchisidir. U o‘zining asarlariga ba‘zan ilova tariqasida ayrim hududlarni kartasi
yoki shaharlar sxemasini ham chizib ko‘rsatgan (o‘sha davrda karta, plan va
sxemalarni suratlar deb yuritilgan). Bu suratlar ichida eng muhimi «Dunyo
kartasidir». Bu kartaning o‘lchami 34-45 sm bo‘lib, unda graduslar to‘ri chizilgan.
O‘rta asr sharqda tuzilgan kartalarning faqat uchtasida, ya‘ni Najib Bakron
kartasida (1209 yil), Xandalloh Kazviniy kartasida (1340 yil) va Xofizu Abru
kartasida (1420 yil) graduslar to‘ri bo‘lgan. Xofizu Abru kartasida graduslar
to‘rlari doiraning ichidan ham, chekkasidan ham, har 5
0
dan meridian va parallellar
o‘tkazilgan. Kartada Yer shari yetti iqlimga bo‘linib, ularning chegaralari
kengliklar bilan 0
0
dan 70
0
gacha ko‘rsatilgan, shimolroq hududlar esa har 7-8
0
orasida tasvirlangan. Bu kartaning bir nusxasi Britaniya muzeyida, bitta nusxasi
esa Toshkentda saqlanmoqda. Bu dunyo kartasini prof. H.Hasanov – Xofizu
Abruning shoh asari deb juda katta baho berib, sharq kartografiyasida fahrlansa
arzigulik asar ekanligini ta‘kidlaydi. Shunday qilib, Beruniy, Najib Bakron va
Xofizu Abru kartalari sharq kartografiyasini dunyoga tanitgan asarlardir (9-rasm).
56
9-rasm. Xofizu Abru tuzgan dunyo kartasi.
Kartaning matematik asosi bo‘lgan geografik koordinatalari, ya‘ni kenglik va
uzoqliklar juda ko‘p vaqt davomida o‘sha davr olimlari orasida 0
0
li meridian
qayerdan o‘lchanadi, degan savolga bir xil aniq javob bermagan. Shu nuqtai
nazardan Ulug‘bekning «Ziji Kuragoniy» jadvali ham shu masalaga aniqlik
kiritmagan. Masalan buyuk astronom Gipparx (miloddan avvalgi II asrda
yashagan) Rados oroli bilan Iskandariya shahridan o‘tgan uzunlikni boshlang‘ich
meridian qilib olgan. Undan so‘ng Marin Tirskiy va Ptolomey «Ostrova
Blajennyx» (Saodat orollari) ni boshlang‘ich meridian qilib belgilagan.
Bu orol Yevropada to XIX asrgacha kartografiyada qo‘llanilib, Ferro
meridiani deb yuritilgan. U hozirgi Grinvich meridianidan 17
0
40‗ g‘arbdagi Kanar
orollarining eng chekkasidagi oroldir.
Beruniy ham shu meridiandan hisobni boshlagan. Ulug‘bek jadvalida
koordinatalar Xolidot orollaridan hisoblangan va hozirgi Grinvichdan 23
0
farq
qiladi. Sharq adabiyotida Xolidot va Saodat orollarini chalkashtirib yuborilishi
ham mumkin degan fikrlar yo‘q emas – deb yozadi H.Hasanov. Hatto XIX asrda
ham boshlag‘ich meridian aniq emas edi, ispanlar boshlang‘ich meridianni Ferro
orolidan, inglizlar Grinvichdan, fransuzlar Parijdan, Rossiyada Pulkovodan
o‘lchaganlar. O‘rta asrlarda ham ahvol shunday bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |