XVII-XVIII asrlarda G’arbiy Yevropada kartografiya. Amerika qit‘asini
ochilishi bilan, dunyo bozorini kengayishi munosabati bilan kartalarga bo‘lgan
talab oshib borardi natijada ular takomillashdi.
Bu vaqtga kelib Niderlandiya kartografiya sohasidagi yetakchiligini
Angliyaga o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Dengiz navigatsiya kartalariga bo‘lgan talab
kuchaydi. Joylarda kenglik va uzoqlikni aniq o‘lchashni tashkil qilish maqsadida
maxsus Gringvich observatoriyasi (1675 yilda) tashkil qilinib, faqat astronomik
kuzatishlar bilan chegaralanmasdan suvlarni ko‘tarilishi (priliv) va pasayishi
(otliv)larni kuzatish shamollarni o‘lchash, magnit og‘ish burchaklarini o‘lchash
bilan ham shug‘ullanadi. XVII asrni ikkinchi yarmida Frantsiyada kartograik ishlar
ancha rivojlanib, nuqtalarni koordinatalarini aniqlashga katta e‘tibor berildi. O‘sha
davrda V. Snellius tomonidan (1615 yilda) triangulyatsiya metodini yaratilishi
meridian va parallel yoylarini aniq o‘lchash asosida geodezik to‘r nuqtalarni
koordinatalari aniqlash yo‘lga qo‘yildi.
Kartografiya sohasida ham yangi usullar ishlab ishlab chiqila boshlandi.
Saksoniyalik harbiy topograf I. Leman XVIII asr oxirida relyefni shtrixlar usulida
tasvirlashni yo‘lga qo‘ydi.
XVIII asrda G‘arbiy Yevropadagi kartografiyada eng katta yangiliklardan
biri relьefni gorizontallar yordamida tasvirlash usuli yaratilishidir.
XVIII asrni oxiri XIX asrni boshlarida temir yo‘l qurilishi, ilmiy ishlarni
olib borilishi aniq geodezik asboblar yaratilishini talab qildi. Natijada yangi
geodezik asboblar yaratildi.
Dengiz kemachiligini rivojlantirish va yangi yerlarni bosib olish uchun
dengiz va okean kartalarini yaratish zaruriyatlari tug‘ildi. Undan tashqari, Yer shari
kartasini tuzish uchun kartografik proeksiyalar yaratilib, Ptolomey atlasidagi
kartalarni yangilash zaruriyati paydo bo‘ldi.
1570 yilda flamandriyalik Avraam Orteliy ―Yer shari manzarasi‖ nomli asar
yaratib, unga 53 ta karta kiritgan edi. Bu davrda yashab ijod qilgan ulug‘
kartograflardan flamandriyalik Gerard Merkatorning (1512-1594) tuzgan ―Dunyo
kartasi‖ ni (1569) ahamiyati katta. Bu karta teng burchakli silindrik proeksiyada
tuzilib, dengizda suzish uchun mo‘ljallangan edi. Merkator Dunyo kartasi bilan
birga Dunyo atlasini yaratdi (1585 y). Undagi kartalar mazmuni, aniqlik darajasi va
zamonaviylik bilan o‘sha zamon talabiga javob beradigan yangi asar edi. U atlas
terminini birinchi bor ishlatgan. XVII asr o‘rtalarida kartografiya bo‘yicha qilingan
ishlar ichida Sansonning ―Fransiya manzarasi‖ (1650 y) nomli atlasi diqqatga
sozovordir. Dengiz navigatsiya karta va atlaslari ichida Vagenerning (1584-1585)
ikki jildli ―Dengiz atlasi‖ sermazmunligi bilan ajralib turadi.
XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada yirik formatli atlaslar nashr qilish ancha
rivojlanadi. Niderlandiyada bir necha jilddan iborat katta formatli atlas yaratildi va
bir necha tilda nashr qilindi. Lekin bunday atlaslar ilmiy nuqtai nazardan va
mazmun jihatdan mukammal emas edi. Chunki bunday asarlar ayrim shaxslar
nashrchi va xususiy korxonalarda tayyorlanar edi.