O’rta asrlarda Yevropada kartografiya. Dengizda kemachilikning
rivojlanishida (ayniqsa O‘rta dengizda savdo – sotiq ishlarini olib borishda) dengiz
navigatsiya kartalari-portolonolarning ahamiyati kattadir.
XV asrlarda g‘arbda kartografiyaning rivojlanishida kitob bosish va
o‘ymakorlik usullarining ahamiyati katta bo‘ldi. Dastlabki bosma ravishda paydo
bo‘lgan karta 1472 yilga to‘g‘ri keladi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida kartografiya Yevropada ancha
rivojlandi. Ayrim xududlarni boshqarish, savdo-sotiq ishlarni olib borish uchun
40
maxsus kartalar tuzila boshlandi. G‘arbda XVI asr o‘rtalarida kompas yordamida
oddiy o‘lchash usuli bilan olingan topografik planlar vujudga keldi.