Kartashunoslik


Qadimgi  Rim  va  Gretsiyada  kartografiya



Download 4,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/246
Sana29.08.2021
Hajmi4,76 Mb.
#159144
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   246
Bog'liq
kartashunoslik

Qadimgi  Rim  va  Gretsiyada  kartografiya.  Kartografiya  va  geografiya 
fanlarini  ilmiy  ildizlari  qadimgi  Gretsiyaga  borib  taqaladi.  Dastlabki  karta 
eramizdan  oldingi  V  asrlarda  yashagan  grek  matematigi  va  astronomi  Pales 
tomonidan tuzilgan osmon yulduzlari kartasidir.  
Qadimgi  Gretsiya  va  Misrda  dastlabki  kartografiyani  ilmiy  asoslarini 
yaratishida,  shu  davrdagi  koloniyachilik  siyosatini  rivojlanish  bilan  bog‘liqlik 
tomonlariga  borib  taqaladi.  Makedoniyalik  Iskandar  Zulqarnayn  sharqqa  qilgan 
harbiy yurishlari vaqtida to‘plangan manbalar asosida zarur bo‘lgan oddiy kartalar 
yaratiladi va joylarni sodda topografik kartalari tuzilib foydalaniladi. Iskandar o‘zi 
bilan bilimdon kishilarni birga olib yurib, ularni qadam bilan yer o‘lchovchilar deb 
atagan.  Masofalarni  qadamlab  o‘lchash  asosida  o‘sha  davrdagi  o‘lcham  birligi 
stadi  (192.2m)  asosida  qadam  masshtabi  yordamida  hisoblash  ishlari  bajarilgan. 
Eramizdan  oldingi  IV  asrlarda  yerni  sharsimonligi  to‘g‘risidagi  nazariyani 
Aristotel  tomonidan  yaratilishi  kartografiyani  asosi  bo‘lgan  matematik 
kartografiyani rivojlanishiga asos solindi desa bo‘ladi. 
Lekin  shuni  ham  qayd  qilish  kerakki  Yunoniston  va  Rumda  antik  davrda 
rivoj topgan qadimgi kartografiya Misr, Osuriya, Vaviloniya, Xitoy, Xindiston va 
O‘rta Osiyoda ilk bor vujudga kelgan fan va ma‘daniyat yutuqlaridan baxramand 
bo‘lgan deyishga to‘la asos bor. Chunki antik davr mamlakatlari Sharqning ko‘plab 
mamlakatlari  bilan  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma‘daniy  aloqada  bo‘lganlar,  shu  tufayli 
ular geografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar.  
Qadimgi  Gretsiyada  topografik  o‘lchash  ishlarini  rivojlanishida 
dehqonchilikni  roli  kattadir.  Eramizdan  oldingi  II  asrlarda  astranomiyani 
rivojlanishi  munosabati  bilan  kartografiya  sohasida  ham  yangi  o‘zgarishlarga 
sabab  bo‘ldi.  Masalan,  Gipparx  osmon  yulduzlari  kartalari  uchun  yangi 
proeksiyalar  ishlata  boshladi,  shu  asosda  doirani  360  qismga  bo‘lib  o‘rganishni 
tavsiya qiladi.  
Eramizdagi  II asrda Krates tomonidan  Yerning  dastlabki globusi  yaratiladi, 
unda  Yer  shar  shaklida  bo‘lib,  2  ta  okean  tasvirlangan,  biri  ekvator  bo‘ylab 
ikkinchisi meridional shaklida joylashgan. 
Qadimgi  dunyo  geografiyasining  bilimdonlaridan  mashhur  olim  milodning 
II  asrida  yashagan  iskandariyalik  geograf,  astronom  va  kartograf  Klavdiy 
Ptolomeydir.  Uning  ―geografiya‖  kitobini  antik  davrning  o‘ziga  xos  geografik 
qomusi  desa  bo‘ladi.  Ptolomey  bu  asaridan  tashqari  yana  27  ta  kartadan  iborat 
dunyo atlasini yaratgan. Atlas kartalarida graduslar to‘ri tasvirlangan, kartalar o‘z 
davriga  nisbatan  ilmiy  jihatdan  ancha  yuksak  darajada  bo‘lgan.  Ptolomey 
atlasidagi  22  kartada  O‘rta  Osiyo  81
0
-147
0
  sharqiy  uzoqlik  va  36
0
-63
0
  shimoliy 
kengliklar  orasida  tasvirlangan,  unda  respublikamiz  hududi  ham  aks  ettirilgan. 
Shuni aytib o‘tish joizki, Ptolomey bosh meridianni Kanar orollaridan o‘tkazgan. 


 
38 
Klavdiy Ptolomey atlasidagi kartalarda O‘rta Osiyodagi davlatlar - So‘g‘diyona va 
boshqalarning  chegaralari  berilgan  va  shu  hududda  yashovchi  12  ta  qabila 
yashagan maydonlarning chegaralari ko‘rsatilgan.  
Unga  qadar  ―Geografiya‖  nomli  dastlabki  asar  yunon  geografi,  kartografi, 
astronomi va matematigi Eratosfen tomonidan yozilgan. 
Eratosfenning  dunyo  kartografiyasi  rivojiga  qo‘shgan  xissasi  juda  katta 
bo‘lib, uni rahbarligida yer yuzasidagi joylarning o‘rinlarini, kenglik va uzoqliklar 
orqali  aniqlash  va  gradus  o‘lchash  yo‘li  bilan  aniq  o‘lchash  usullari  ishlab 
chiqilgan. Eratosfen yer  yuzidagi 1
0
 yoy  uzunligini aniqlash uchun oddiy usuldan 
foydalangan. Masalan, u 22 iyunda Misrdagi ikkita shahar, ya‘ni Iskandariya bilan 
Asuan (ilgargi Siena) shaharlarda quyosh zenitda bo‘ladigan vaqtda yarim doiraviy 
skafis yasab (kosaga o‘xshagan) uni 180 bo‘lakka bo‘lgan, o‘rtasiga tik tayoqcha 
o‘rnatgan.  Bir  vaqtning  o‘zida  2  shaharlarning  tush  paytida  (soat  12  larda)  tik 
o‘rnatilgan tayoqchalardan tushgan soyalar ko‘rsatkichlarning farqi 7

12
‘ 
ga  teng 
bo‘lgan, bu esa yer aylanasining 1/50 qismini tashkil qilishini aniqlab bergan. Yer 
aylanasining  uzunligi  o‘sha  vaqtda  (250  000  stadiy  -  1  misr  stadiy  uzunligi  158 
metr) 39375 kilometr ekanligi (hozirgi o‘lchami 40 008 kilometr), yer radiusining 
uzunligi  6287  kilometr.  1
0
  yoyning  uzunligi  taxminan  110  kilometr  ekanligi 
aniqlangan. Hozirgi aniq ma‘lumotlarga qaraganda Iskandariya shahrining kengligi 
31

11,7

 Asvon (Siena) ning kengligi 24
0
 5,1‘ ga teng bo‘lib, farqi 7
0
 6,7‘. Demak, 
o‘sha davrda aniqlangan 1
0
 yoy uzunligi hozirgiga nisbatan farqi juda kam bo‘lgan.  
Eratosfenning  ―Geografiya‖  nomli  3  qismdan  iborat  kitobida  o‘sha  davr 
uchun  juda  zarur  bo‘lgan  geografik  va  kartografik  ma‘lumotlar  berilgan.  Lekin 
uning  kitobi  saqlanmagan.  Uning  kitoblari  to‘g‘risidagi  ma‘lumot  mashhur  olim 
Strabon  tomonidan  yozib  qoldirilgan.  Birinchi  kitobida  qadimgi  davrdan  o‘sha 
vaqtgacha  ma‘lum  bo‘lgan  joylarning  geografik  tasvirlari  berilgan.  Anaksimandr 
va  Gekateylar  tomonidan  tuzilgan  dastlabki  geografik  karta  to‘g‘risida  ma‘lumot 
keltirilgan.  Ikkinchi  kitobida  yerning  sharsimonligi  va  uni  o‘lchash  usullari 
to‘g‘risida, uchinchi kitobida o‘sha davrda ma‘lum bo‘lgan hududlarning kartalari 
va ularni geografik tasviri bayon etilgan ekan.  

Download 4,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish