1.2.3.Turli xil tipdagi biogaz qurilmalari.
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida elastik reaktorlar keng qo’llaniladi va muhim
o’rin egallaydi. Ular zich rezina yoki plastmassa qobiqqa ega bo’lib, matodan
qavat-qavat bo’laklar bilan kuchaytirilgan hamda pufak shaklida yasalgan.
Bunday reaktor statik yuklanishlarni qabul qilish maqsadida yoki yarim sferik
shakldagi tuproq o’raga joylashtirilgan, yoki yerning yuzasida joylashgan
bo’ladi va qattiq slindrik qobiq ichiga kiritiladi [13].
Gorizontal va vertikal qurilmalar.
Reaktorni qanday joylashtirishni tanlash xom-ashyoni yuklash usuli va
xo’jalikdagi bo’sh joyga bog’liqdir. Gorizontal joylashishni ko’pincha xom-
ashyoni uzluksiz yuklash usulida ishlaganda va yetarlicha bo’sh joy mavjud
bo’lganda tanlanadi. Vertikal joylashtirish xom-ashyoni qismlab yuklanganda
to’g’ri keladi va reaktor egallagan joyni kichraytirish talab qilinganda
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |