4. YOshlar xarakterini mustaqillik psixologiyasi ruhida
tarbiyalashning uslub va vositalari
O„z istiqlol yo„lini tanlagan O„zbekistonda amalga oshirilayotgan tub
islohotlar ham aynan shu yurt, shu zaminda tugilib, yashab, mehnat
qilayotganlar manfaatini ko„zlashini har bir erkin fuqaro to„la anglaydi.
Har bir alohida shaxs ongi va shuurida shakllangan tuyg„ular, fikrlar va
munosabat yaxlit jamiyat, xalqning fikri va g„ururiga aylanganda shunday
qudrat kasb etadiki, oqibatda erkin va xur yashash, Vatan tinchligi va har bir
oilaning xotirjamligini ta‟minlash xalqning e‟tiqodi bo„lib qolishi lozim.
Demak, ko„pchilikning maslak va tilaklari, fikrlashi va munosabatiga
aylangan g„oya, tasavvur va bilimlar tizimi xalq e‟tiqodi deb ataladi.
YOshlar e‟tiqodi va uning ruhi shunday qudratli ta‟sir kuchiga egaki, u
har bir sog„lom fikrlovchi insonni ijodiy faoliyatga, kasbi-korning halol
bo„lishiga zamin yaratadi. O„zbek xalqi ana shunday iloxiy marhamatga
sazovor bo„lgan, o„z milliy e‟tiqodiga ega millatlardan biridir. Buni biz buyuk
insonlar, mutafakkirlar timsolida ko„rsak bo„ladi. CHunki xalq ruhi va undagi
e‟tiqodni millatning eng ilg„or vakillari, mutaffakkirlar ifoda etadi. Masalan,
Amir Temurning davlat qurilishi va sarkardalik bobidagi yuksak iktidori
xalqimiz ruhiyatidagi salohiyat va imkoniyat ifodasi bo„lgan Alisher
Navoiyning ijodi ham xalq e‟tiqodining o„lmas namunasidir. Xalq e‟tiqodi,
yuqorida e‟tirof etilganidek, har bir shaxs e‟tiqodining yo„nalishini belgilaydi.
Atrofdagilar va yaqinlari taqdiriga befarq bo„lmagan, ko„pchilik manfaatini
o„z manfaatdan ustun bilgan inson bunday e‟tiqodga berilgan va undan
ta‟sirlangan hisoblanadi.
Agar inson bolasining tug„ilish onlaridan boshlab uning ilk rivojlanish
davrlari xususiyatlariga e‟tibor beradigan bo„lsak, dastlab u tabiatan faqat o„z
ichki hissiyotlari, tuyg„ulari domida – muayyan xudbinlik doirasida
rivojlanadi. YA‟ni, uning uchun o„z xoxish-istaklari, ehtiyojlari va ularni
qondirishdan ortik tashvish yo„qday. Lekin o„sha ehtiyojlar orasida ota-
onasiga, eng yaqinlariga nisbatan hissiy intilish, ular bilan emotsional
muloqotga kirish istagi kuchli bo„lgani sabab u insonlar jamiyati va undagi
munosabatlar me‟yorlarini sekin-asta o„zlashtirib boradi. 3 yoshdan so„ng
oiladagi muloqotga tengkurlar jamiyatidagi muloqot qo„shilishi munosabati
bilan bola xudbinlik kayfiyatidan yanada tezroq voz kecha boshlaydi. Aks
holda jamiyat, ko„pchilik uning injikliklarini ko„tarmaydi. SHu tarzda
sog„lom muloqot muhiti bolani ko„pchilikning fikriga ergashish, ko„pchilik
haq deb e‟tirof etgan axloq me‟yorlarini egallash, insongarchilik tamoyillariga
amal qilishga urgatadi.
SHunday qilib, bola uchun keng ijtimoiy muhitdagi sog„lom
g„oyalardan, xalq ruhining qadriyatlaridan to„la baxramand bo„lish imkoniyati
tugiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |