O‘zbekiston badiiy akademiyasi k. Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana27.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#156964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
mustaqillik davri psixologiyasi va yoshlar xarakteri

ahamiyati.   

Har  bir  shaxs  o„zining  kundalik  faoliyatida  bir  qancha  odamlar  bilan 

uchrashadi, ular bilan muomalada bo„ladi. Ularning ba‟zilari shaxsga yoqimli, 

hayajonli  ta‟sir  o„tkazadi,  ba‟zilari  esa,  aksincha  bunday  xususiyatga  ega 

bo„lmaydi.  SHuning  uchun  xam  shaxs  o„zini    ba‟zilarga  yaqin  tutadi, 

ba‟zilardan olib qochadi. 

SHaxs turmushdagi voqea-hodisalarga, turli-tuman fakt va predmetlarga 

ham  bir  xilda  munosabatda  bo„lavermaydi.  Ularning  ba‟zilari  shaxsni 

o„ylatadi, his-hayajonga soladi, uni qiziqtiradi, ba‟zilariga nisbatan esa shaxs 

beparvo munosabatda bo„ladi. 

Ba‟zi  ta‟sirotlar  shaxsga  huzur-halovat  bag„ishlaydi,  uning  ruhini 

tetiklashtiradi,  kayfiyatini  yaxshilaydi,  ayrimlari  esa  shaxsga  noxush  ta‟sir 

qiladi  va  unda  turli-tuman  ruhiy  kechinmalarni  vujudga  keltiradi.  Ayrim 

shaxslarning  nojo„ya  qiliqlari  boshqalarda  antipatik  hislarni  qo„zg„aydi, 

g„azabini keltiradi. 

Mustaqillik  davrining  psixologiyasi,  uning  o„ziga  xosligi  va  ahamiyati 

jamiyatimiz  a‟zolaridagi  yuksak  axloqiy  insoniy  fazilatlar-  mehnatsevarlik, 

insonparvarlik,  baynalminalchilik,  jamiyat  baxt-saodati  yo„lidagi  halol 

mehnat,  jamoatchilik,  ijtimoiy  va  shaxsiy  hayotda  halollik,  rostgo„ylik, 

oddiylik, kamtarlik kabi sifatlar bilan bevosita xarakterlanadi. 

Inson  o„zini  o„rab  olgan  sotsial  muhitda  yashaydi  va  harakat  kiladi.  U 

har  qanday  ehtiyojga  muhtojdir  va  uni  qanoatlantirishga  (qondirishga) 

intiladi. Tevarak-atrofdagi muhitdan har xil axborotlar (informatsiyalar) qabul 



qiladi  va  o„zini  shunga  muvofiqlantirishga  harakat  qiladi.  Dunyodagi  real 

obrazlarni  miyasida  ongli  shakllantirishga  kirishadi,  shunga  qarab  o„zining 

shu  muhitda  qanday  harakat  qilish  kerakligi  to„g„risida,  u  yoki  bu  voqeaga 

qanday  yondashish  uchun  rejalar  tuzadi.  O„zining  oldiga  qo„ygan 

maqsadlarini  o„z  harakat  natijalariga  solishtirib  ko„radi,  o„z  boshidan  juda 

katta  hissiy  (emotsional)  holatni  kechiradi.  Hayot  faoliyatidagi  ba‟zi 

kamchilik  va  xatoliklarni  to„g„rilash  yo„llarini  axtaradi.  Buning  uchun 

uylaydi,  fikr  yuritadi,  hayajonlanadi.  Ba‟zan  o„zini  tuta  olmay  pessimizmga 

berilib  ketadi.  Nihoyat,  o„zini  tutib  oladi,  o„z  oldiga  qo„ygan  maqsadga 

erishishiga butun kuchini qaratadi. 

Mana  shu  holatlarning  hammasi  kishining  psixik  faoliyati  hisoblanadi. 

Ana shu psixik faoliyat qonunlarini o„rganuvchi fan psixologiyadir. 

Psixologiyaning  o„z  oldiga  vazifa  qilib  qo„yadigan  muammolari  juda 

xilma-xil bo„lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, 

uning  rivojlanish  yo„llarini  aniqlash,  har  bir  psixik  protsessning  asosida 

qanday  mexanizm  borligi,  uning  o„zgarish  jarayonlarini  ochib  berish 

masalalarini  o„rganadi.  Psixologiya  psixik  faoliyatning  u  yoki  bu  sharoitda 

qanday  ro„yobga  chiqqanligini  o„rganish  bilangina  shug„ullanib  qolmasdan, 

bu  jarayonlarni  qanday  boshqarib  borish  masalalarini  ham  ilmiy  asosda 

o„rganadi.  SHuning  uchun  ham  ilmiy  psixologiya  boshqa  barcha 

o„rganilayotgan predmetlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning 

jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi. 

Inson jamiyat a‟zosi sifatida, doimo turli guruh va jamoalarning vakili 

sifatida  ularning  ta‟siri  ostida  bo„ladi.  YA‟ni,  har  bir  shaxsning  xarakterida, 

xatti-harakatlarida u mansub bo„lgan millat, xalq, professional toifa, jamoa va 

oilaning  ijobiy  yoki  salbiy  ta‟siri  bo„ladi.  Tarixiy  shart-sharoit,  davr,  davlat 

tuzumi  va  o„sha  jamiyatdagi  siyosiy,  iqtisodiy  va  mafkuraviy  ta‟sirlar  uning 

dunyoqarashi,  fikrlash  tarzi,  tafakkurida  o„z  aksini  topadi.  Bunday 

ta‟sirlarning ikki xili mavjud: 



1. Makro bosqichdagi ta‟sirlar yoki keng ma‟nodagi ijtimoiy-ma‟naviy, 

siyosiy hamda iqtisodiy muhit ta‟sirlari. 

2. Mikro  bosqichdagi  ta‟sirlar  yoki  bevosita  inson  bolasi  tug„ilib 

o„sadigan  oila,  ta‟lim  va  tarbiya  maskanlari,  mehnat  jamoasi,  mahalla  va 

do„stlar muhitidagi ta‟sirlar. 

Bir  qarashda  yoshlar  xarakterini  ikkinchi  bosqich  ta‟sirlargina 

belgilaydiganday  tuyuladi.  CHunki,  «Qush  uyasida  ko„rganini  qiladi», 

deganlaridek,  ayniqsa,  o„zbekchilikda  odamning  oilasi,  nasli-nasabi, 

mahallasi,  ta‟lim  olgan  bilim  dargohiga  katta  e‟tibor  beriladi  va  bunday 

munosabat hayotda o„zini oqlaydi ham. Lekin makro bosqichdagi ta‟sirlarning 

ahamiyatini  ham  kamsitish  to„g„ri  bo„lmaydi.  Masalan,  sho„rolar  tuzumi 

jamiyat  a‟zolarining  mute,  tobe,  ixlossiz,  ba‟zi  bir  jihatdan  iymonsiz  bo„lib 

kamol topishiga zamin yaratganki, bunga asosan o„sha muhitdagi nosog„lom, 

inson  qadrini  erga  uruvchi  iqtisodiy  siyosat,  kommunistik  ideologiya  sabab 

bo„lgan.  Umuman,  tarixdan  ham  ma‟lumki,  qaysi  davlat  va  mamlakatni 

olmaylik, 

bosqinchilik 

siyosati 

yurgizilgan 

jamiyat 


odamlarining 

psixologiyasi mustaqil yurt fuqarolari psixologiyasidan keskin farq qiladi. 

Mustaqillik  psixologiyasi  shundayki,  unda  har  bir  fuqaro,  har  bir  yosh 

avlod o„zining erkin fikri mustaqillik tafakkuri bilan o„zi va o„zgalar manfaati 

haqida  birday  qayg„uradi,  chunki  keng  dunyoqarash  yoki  tinimsiz  izlanishsiz 

na bir shaxsning, na jamoaning biri ikki bo„lmaydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 





Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish