unga hissa qo‘shgan olimlar psixologik qarashlari.
O„rta Osiyo xalqlari uzoq o„tmishga, ko„p asrlik tarixga, boy madaniy
merosga egadir. O„rta Osiyoning markazida joylashgan O„zbekiston
SHarqning eng qadimiy madaniy o„choqlaridan biri bo„lib, u jahon fani
tarixiga munosib xissa qo„shdi.
XX asrga kelib, O„zbekistonda ham boshqa fanlar qatori psixologiya
fanining rivojlanishiga imkon berdi.
Bugungi kunda O„zbekistonda psixologiya tarmoqlari kuchayib, unga
katta e‟tibor berilmoqda. O„zbekistonda etishib chiqqan barcha olimlarimiz
psixologiyani chet mamlakatlar psixologiyasi kabi yuqori cho„qqilarga olib
chiqishga intilmoqdalar.
Dastlabki psixologik fikrlar markazi 1918 yili Toshkent va keyinchalik
CHimkent shahrida tashkil qilingan. Pedagogik muzey va pedagogik
laboratoriya universal o„quv tarbiya muassasasi bo„lib ta‟lim tarbiya bilan
bog„liq bo„lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Bu yordam ta‟lim metodlari
ishlab chiqarilgan, shu erning o„zida sinalgan va respublikaning boshqa o„quv
muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbiq qilishga
imkon bergan. Pedagogik laboratoriya xaqida nizomda bu joy pedagogik fikr
va ishning markazi bo„lishi lozim. SHuning uchun bir tomondan psixologik
ishning har bir yangilik o„qitishdagi laboratoriyada to„plangan boy tajribadan
foydalanish imkoniyati berilishi kerak, bu imkoniyat bevosita maktablarga
berilishi kerak. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik
laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental psixologik laboratoriyasi
ham mavjud bo„lib, bu erda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan
1919 yili 1 aprelda Kavman Xorvat maorif komissariga xat yo„llab, davlatning
ko„zi ojiz, gung, ruhiy kasal va psixologik taraqqiyoti hamda psixikasi
muvozanatsiz bolalarni o„z tarbiyasiga olishi zarurligini ta‟kidlagan. Xuddi
shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taklif
etgan. Xorvatning taklifi bir necha yo„nalish bo„yicha diqqatga sazovordir.
Birinchidan, bu kompleks xarakterdagi ish bo„lib, biron bir psixonevrologik
kasallik nazardan chetda qolmagan Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-
ketlikdan bir necha bosqich nazarda tutilgan.
1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi);
2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi);
3. Kasallarni tarbiyalash va ta‟lim berish (amaliy ta‟lim darajasi).
Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash
maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirish ko„zda
tutilgan. Turkistondagi muassasalardan biri «o„zbek davlat ilmiy tadqiqot
instituti», hozirgi Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot
instituti 1929 yili tashkil qilingan bo„lib, hozirgi kunga qadar bu institut
o„qitishning pedagogik konsepsiyalari maktab va maktabgacha tarbiya
muassasalarida ta‟lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz
hisoblanadi. 30-yillar boshlarida institut tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud
bo„lgan:
1. Ijtimoiy gigiena.
2. Iqtisod.
3. Pedaloga pedagogik.
4. Psixologik laboratoriya.
Institut tashkil bo„lgan vaqtdan boshlab milliy mentalitetni va ijtimoiy
muhitni chuqur tadqiq qilish bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy
xususiyatini hisobga olgan holda darslarni yaratish bilan shug„ullandi. Institut
faoliyatining asosiy yo„nalishlari quyidagilardan iborat edi.
1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish;
2. Bolalar xarakterini o„rganish;
3. Pedagogik kadrlar tayerlash.
Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Leventuert, Zavarova, YUsupov,
Tokanaev, Debenzov, Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlarning nomlari
bilan chambarchas bog„liq. 30 yillarda bu institutda jahon psixologiya faniga
katta hissa qo„shgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich Luriya ishlagan.
U o„z institut doirasida o„tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik «Ob
istoricheskom razvitie poznavatelnix protsessov» - «Bilish jarayonlarining
tarixiy taraqqiyoti xaqida» degan asarini nashr qildi. O„zbekistonda
psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo„shgan olimlardan yana biri
P.Ivanov hisoblanadi. 1927 yil Samarqanddagi o„zbek pedagogika institutida
(pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan.
1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi
o„quv qo„llanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934 yili Samarqand
pedagogika institutining o„zbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati
bilan Ivanov o„z laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat
pedagogika institutiga ko„chib o„tadi. Pedagogika o„quv muassasalarida ilmiy
pedagogik potensialning etishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari
ustida tarjimonlar yordamida olib borilgan keyinchalik bu tarjimonlarning
o„zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o„zbek tilida ma‟ruzalar o„qiy
boshlashgan. Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo„jaev, Bayburova,
Raxmatova va boshqalar bir bo„lib o„zbek tilida psixologiya o„qituvchilari
bo„lishgan. Ivanovni (1891-1968 yillar) psixologiyadan 75 dan ortiq ilmiy
ishlari nashr qilingan. Uning 1927 yilda nashr qilingan «Umumiy
pedagogika» bo„yicha qisqa ocherk, «maktabshunoslik» tarbiyaning umumiy
metodlari 1940-yillar va 1954-yillarda «Umumiy psixologiya», 1962-yilda
«Ta‟limning psixologik asoslari» kabi asarlari O„zbekistonda psixologiya fani
rivojlanishiga juda katta hissa qo„shdi. SH.A. Boyburova, Usmonov kabilar
bevosita uning rahbarligida faoliyat ko„rsatishdi. 1959 yil uning rahbarligida
M.G.Davletshin, Bekboev, Muzaffarovlar nomzodlik disertatsiyalarni himoya
qilishdi. 1963 yil O„zbekistonda psixologiyadan birinchi bo„lib Krasnoboev
Ilya Berovich (1896-1963) Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti
logika va psixologiya kafedrasi mudiri «YUqori sinf o„quvchilarida e‟tiqod,
axloqiy tushunchalarni shakllanishi» mavzusidagi doktorlik ishini himoya
qildi. Krasnoboevni ilmiy faoliyati 20 yillarda O„zbekistonda tadqiqotlar bilan
bog„liq uning rahbarligi ostida logika va psixolgiya kafedrasi azolari: 3.
Mo„minova, V.YA. Maros, A. Abdusattorov, V.I. Sofer, A. Gulyamov, R.V.
Gulyamov, A.A. Erstifirovlar turli xil ob‟ektlarda psixologiya va logika
bo„yicha ilmiy tadqiqotlarini olib bordilar. Bu tadqiqotlar O„zbekistonda xalq
ta‟limi bilan bog„liq muammolarni hal qilishga yordam berdi. M.Voxidov
(1927-1989 yillar) 1955 yilda Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan.
Dastlab Andijon pedagogika institutida, so„ngra Qori Niyoziy nomidagi
pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966 yil Toshkent Davlat
universiteti psixologiya kafedrasi mudiri etib saylangan. 1973 yili Ministrlar
Soveti topshirig„iga binoan tarix fakulteti tarkibida tashkil etgan. Zinin, L.I.
Sofer ishtirokida va markazning iste‟dodli olimlari yordamida bu erda o„quv
eksperimental
laboratoriya
tashkil
qilingan.
M.Voxidov
tomonidan
maktabgacha pedagogika bilim yurtlari uchun, pedagogika institutlari uchun
darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda M.Voxidov, A.Petrovskiy tahriri ostidagi
«Umumiy psixologiya» darsligi tarjima qilingan va ayni paytda milliy va
mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda o„zbek tilida darslik yaratish
bilan mashhur bo„ldi.
Davletshin Muhammad Gabdulgalimovich 1923 yilda tug„ilgan.
Toshkent Davlat universitetining psixologiya kafedra mudiri psixologiya
fanlari doktori, 1957 yilda «5» va «7» sinf o„quvchilarida texnik qiziqishlarini
shakllanishi mavzusida, 1971 yil «O„quvchilarni texnik qobiliyatlari
psixologiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1968
yildan 2005 yilgacha psixologiya kafedrasida mudirlik qildi. Hozirgi kunda
Umumiy psixologiya kafedrasi professori bo„lib ishlamoqda. M.G.Davletshin
raxbarligida uning bevosita maslaxatlari yordamida O„zbekistonda 100 dan
ortiq nomzodlik va doktorlik ishlari himoya qilingan. O„zbekistonda xar xil
muammolar bo„yicha umumiy, yosh pedagogika, ijtimoiy psixologiya
bo„yicha F.S.Ismoilova, D.Z.Zaynobiddinov, Majidov, B. Gappirov,
I.Maxmudov, L.K. Saitova, M.I. Musaeva, V.G. Gorobets, D.D. SHaripov,
R.K.
SHoxnazarov,
J.U.
Mavlonov,
A.
Eshmatov, A.V.Majitova,
M.I.Sagatov, D,Egamberdieva, G. Abdusamatov, K. Sobirov, A. Sindarov va
boshqalar etishib chiqdilar. Bundan tashqari har xil muammolar bo„yicha
1992 yilgacha 25dan ortiq ish himoya qilindi. Bulardan nutq psixologiyasi
bo„yicha 7 ta ish: (P.P Zamin, N.N. Nigmatov, A.I. Arjonova, X. Ochilova va
boshqalar), xotira psixologiyasi bo„yicha 4 ta ish: (P.I. Ivanov, M.V. Voxidov,
X.M. Gafurova, V.P. Ivanova); diqqat bo„yicha M.X. Raxmonova; ta‟lim
tarbiya bo„yicha 14 ta ish (G„oziev, Qodirov, Rasulov, Usmonova,
Krasnoboev, Tokareva va boshkalar);
Mehnat psixologiyasi bo„yicha 4 ta ish (Turg„unov, Sotiboldiev, Eliseev,
Xolmatov); SHaxs bo„yicha 3 ta ish (G„ofurov, Saydullaev, SHakovolov);
Differensial psixodiagnostika bo„yicha 1 ta ish (Madumarov); YUridik
psixologiya bo„yicha 2 ta ish (Ibragimova, Zapryagaev); Sport psixologiya
bo„yicha 3 ta ish (Gapparov, A.Gaynutdinov, R.Gaynutdinov);
Neyropsixologiya bo„yicha 1 ta ish (Bobojonova); psixologiya tarixi bo„yicha
(S.Raximov)
ijtimoiy
psixologiya
bo„yicha 3 ta ish (Karimova,
Abdumo„minov, Tursunov); va boshqa turli psixologiyani bo„limlari bo„yicha
ko„pgina olimlar ish olib borib, O„zbekistonga psixologiya fanini, ya‟ni
psixologiya tushunchasini olib kirib, to„laligicha ochib berdilar. (Ushbu
Do'stlaringiz bilan baham: |