O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI
K.BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN
INSTITUTI
TASVIRIY SAN‟AT FAKULTETI
Kafedra: Pedagogika va kasbiy ta‟lim
Fan: PSIXOLOGIYA
KURS ISHI
Mavzu: MUSTAQILLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI VA
YOSHLAR XARAKTERI
.
Toshkent - 2014
Reja:
I.
KIRISH
II.
ASOSIY QISM.
1. O„zbekistonda psixologiyaning tarixiy taraqqiyoti,
rivojlanishi va unga hissa qo„shgan olimlarning psixologik
qarashlari.
2. Mustaqillik davri psixologiyasining o„ziga xosligi va
ahamiyati.
3. YOshlar xarakteriga umumiy tavsif. Hozirgi zamon
akselirizatsiyasining yoshlar hulq atvoriga ta‟siri.
4. YOshlar xarakterini mustaqillik psixologiyasi ruhida
tarbiyalashning uslub va vositalari
III. XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI.
KIRISH.
Inson ruhiyatini o„rganish murakkab jarayon bo„lib, ko„p asrlar
davomida olimlar tomonidan “ruhiyat”o„zi nima ekanligi qiziqtirib
kelgansavollarga javob izlab kelishgan.
Psixologiya fani yangi fan bo„lsada, dastlabki psixologik qarashlar antik
davrda paydo bo„lgan. shu bois ham psixologiya faniga nazar tashlaganimizda
antik davrda yashab o„tgan buyuk faylasuflar Arastu hamda Platon,
Demokritlarni ushbu fanga qo„shgan xissalarini bee‟tibor qoldirishimiz
mumkin emas.
Keyinchalik psixologiya fani takomillashib rivojlanib bordi va XIX asrda
alohida fan sifatida ajralib chiqdi. YUqorida psixologiyani rivojlanishiga
qisqacha ta‟riflar berilgan bo„lib, bu haqida kengroq va batafsil nazariy
qismda yoritiladi.
Men ushbu “Mustaqillik davri psixologiyasi va yoshlar xarakteri”
mavzusi haqida kurs ishi yozar ekanman, unda mustaqillik yillarigacha
bo„lgan davrda va hozir ya‟ni mustaqillik davrida psixologiyaning ahvoli,
unga hissa qo„shib kelayotgan olimlar, mustaqillik davri yoshlarining
psixologiyasi qanday, yoshlarning xulыq-atvori, xarakteriga ta‟sir etib
kelayotgan omillar va ularni bartaraf etish y1o„llari, yoshlar xulq atvorining
tekshiruvchi metodikalar aks etgan.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bir ijtimoiy jamiyatning
ikkinchisiga almashinishi, milliy o„zlikni anglash, respublikamiz fuqarolarida
tub o„zgarishlarni vujudga keltirmoqda. milliy tuyg„u, qiyofa, xarakter,
qadriyat, ruhiyat ta‟siri ostida o„zining tub mohiyatini aks ettira boshlaydi.
yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, urf-odat, an‟analar etakchi o„rin
tutmog„i, bular orqali yoshlar xulq-atvorida aks ettirilishi masalalari
mavzuningdolzarbligini belgilab beradi.
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov milliy istiqlol
mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida
gapirar ekanlar, «Inson shaxsini, uning yuksak ma‟naviy fazilatlarini kamol
toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy
merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-e‟tibor, mustaqil
Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash talablari oldimizga muhim
vazifalarni qo„ymoqda» deb alohida ta‟kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi
navbatda kelajakning bunyodkorlari bo„lmish yosh avlodning bilim olish,
yuqori malakali kadrlar bo„lib o„z yurti va xalqiga sitqidildan mehnat qilish,
ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o„rgatishni
nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o„z Vatani manfaatlariga g„oyat
sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi.
Biz talabalar hukmiga havola etilayotgan ushbu kurs ishi ham
mustaqillikning bizga yaratgan cheksiz imkoniyatlari, ijodiy va mustaqil
tafakkur qilishning dastlabki mevalaridandir. CHunki zamonaviy kadrlar
oldiga qo„yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar
sifatida o„zligini, o„z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda
xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va
ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida
faoliyat ko„rsatishdir. Bu o„rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o„rganuvchi
psixologiya fanining o„rni va roli benihoya kattadir. YOsh avlodni yangicha
ta‟lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi
mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o„quv yurtlarida tahsil olayotgan
yoshlar uchun yangi darsliklar, o„quv qo„llanmalari, risolalar tayyorlashning
ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu kurs ishi yoshlarga aynan
psixologik bilimlar asoslarinigina bersa-da, umid qilamizki, ularni o„z
atrofida ro„y berayotgan islohotlarga xolis baho berish, o„zi va o„zgalar
ruhiyati sir-asrorlariga befarq bo„lmaslik, o„z layoqatlarini o„stirishning
elementar vositalaridan boxabar bo„lishga yordam beradi.
ASOSIY QISM.