O‘zbekiston badiiy akademiyasi k. Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


Ta’sir  ko‘rsatuvchi  shaxs  –  ta’lim  beruvchi



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana27.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#156964
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
mustaqillik davri psixologiyasi va yoshlar xarakteri

Ta’sir  ko‘rsatuvchi  shaxs  –  ta’lim  beruvchi.  Ta‟sir  ko„rsatuvchi 

shaxsdan  nimalar  talab  qilinadi? Avvalo,  tajriba,  bilimdonlik,  ishontira  olish 

qobiliyati,  uning  nutqi,  o„ziga  ishonchi  va  boshqalar.  Mafkurachilarning 

asosiy  ish  uslubi,  metodlariga  o„zida  mavjud  bilim,  tushuncha,  g„oyalarni 

asos  qilib  olgan  holda,  birinchi  navbatda  yoshlarda,  qolaversa,  keng  xalq 

ommasi ongida mustahkam e‟tiqodni shakllantirish, ta‟sir ko„rsatish va taql id 




etishga  chorlashdir.  Bunda  u  muloqotning  barcha  samarali  va  ta‟sirchan 

vositalaridan  –  monolog,  dialog,  bahs-munozara,  breynshtorming  kabilardan 

foydalanadi.  Aynan  ana  shu  faliyat  har  bir  ta‟sir  ko„rsatuvchining  ritorika 

asoslaridan  xabardor  bo„lishini,  nutq  mahoratini  egallashini  talab  qiladi. 

So„zlovchi  o„z  nutqida  nutqiy  va  nutqiy  bo„lmagan  vositalardan  o„z  o„rnida 

maqsadga muvofiq tarzda foydalana olishi shart. Agar voiz yoki notiq o„ziga 

berilgan  minbarda  faqat  so„z  va  iboralar  tizimidan  foydalanish  bilan 

cheklansa  yoki  kogozga  tushirilgan  matndan  chetga  chiqolmasa,  uni 

auditoriya  tinglamaydi,  unga  ishonmaydi.  SHuning  uchun  hissiy  ta‟sir 

usullari –  o„rinli  ishlatilgan  qarashlar,  imo-ishora,  mimika  va  patomimika 

kabilar  ham  ta‟sirni  kuchaytiruvchi  psixologik  mexanizmlar  ekanini 

unutmaslik kerak. 

Tarbiyachidan  talab  qilinadigan  yana  bir  muhim  xislat  -  gapirayotgan 

kishining  yoqimtoyligidir.  Bu  ham  notiqqa  nisbatan  ishonch  va  e‟tiqodni 

oshiradi.  yoshlar  auditoriyasida,  voizning  murojaatiga  e‟tibor  jiddiyroq 

bo„ladi.  

YOshlar  bilan  milliy  g„oyalarimiz  xususida  olib  boriladigan  suxbatlarda 

tarbiyachi  yoki  murabbiy  avvaldan  tayyor  savollar  tartibini  ishlab  chiqishi, 

ishlatiladigan  tayanch  iboralar  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  har  bir  jumla 

yoki  iboraning  konkretligi,  hayotiyligi  va  obrazliligi  muhim  ahamiyatga  ega 

bo„ladi.  Ta’sir  vositasi  (aloqa  tarmog‘i).  Tarbiyada  yana  bir  omil  – 

ma‟lumotning nima vositasida u har kimning fikriga ergashib ketavermasdan 

ko„p narsani o„z qarashlari asosida hal etar ekan. 

Demak,  mas‟uliyatni  his  qilgan  yoshlar  hayotga  tayyor,  faol,  erkin  va 

mustaqil fikrlovchi bo„ladi. Ularda mas‟uliyat bilan birga, o„z-o„zini anglash, 

shaxsiy  g„urur  tuyg„ulari  ham  yuksak  bo„ladi.  SHuning  uchun  ham 

mafkuraviy  tarbiyaning  muhim  yo„nalishi  sifatida  yoshlarda  ona  Vatan 

oldidagi burch, o„z taqdiri uchun mas‟uliyat, mahalla, mehnat jamoasi, oila va 

yaqin kishilar hayoti uchun javobgarlik hissini tarbiyalash muhim ahamiyatga 

egadir. 



 

E‟tiqodni shakllantirish va mustaxkamlash milliy istiqlol g„oyasini 

yoshlar ongiga singdirish jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biridir.  

E‟tiqodli odam avvalo foydali ish bilan shug„ullanadi, o„zgalarga ziyon 

keltiruvchi  amallar  qilmaydi,  yolgon  gapirmaydi.  U  har  doimo  lafziga  amal 

qiladi,  ya‟ni  bir  narsani  qilaman,  deb  axd  etsa,  butun  kuchi  va  iqtidorini 

safarbar qilib, uni albatta bajaradi, boshlagan ishni oxiriga etkazadi. E‟tiqodli 

inson  nima  qilayotganini,  nima  uchun  aynan  shu  ishni  qilayotganligini  juda 

yaxshi  biladi.  SHu  bois  haqiqiy  e‟tiqod  egasi  ilmga  intiladi,  o„z  oldiga  aniq 

maqsad  qo„yib  yashaydi,  har  tomonlama  barkamol  bo„lishga  tirishadi, 

yaxshilarga oshno bo„lish, buyuklikka xavas uning hayotiy shioriga aylanadi. 

Hakikiy  e‟tiqod  soxibi  o„zidan  oilasiga,  farzandlariga,  insoniyatga  nimadir 

qoldirishni  istab  yashaydi.  SHuning  uchun  ham  e‟tiqod,  shaxsdagi  jur‟at, 

mardlik,  fidoiylik,  iroda,  vijdon,  qat‟iyyat,  halollik,  insonparvarlik, 

vatanpravarlik kabi fazilatlar bilan bog„liqdir. 

«Iymon»  arabcha  so„z  bo„lib,  lugaviy  ma‟nosi  ishonchdir.  Haqiqiy 

e‟tiqod  egasi  bo„lgan  odamda  iymon  ham  bo„ladi.  Buyuk  merosimiz 

hisoblanmish «Avesto»da iymon va e‟tiqodning o„zaro aloqasi va uning inson 

tafakkur tarzi bilan bog„liqligi xususida shunday deyilgan: 

Aqlli va iymonli kimsalarga 

Bag„ishlayman shodlik, bardam ruh... 

E‟tiqodman, Mitraman, 

Mudom saboq bermoqchiman, 

Iymon bilan fikr aylasin. 

Iymon bilan so„z so„zlasin, 

          Va iymonga amal qilsin. 

Iymon  keltirish  yoki  ishonch  shunday  psixologik  xolatki,  unda 

shaxsning  e‟tiqodiga  mos  keladigan,  muayyan  narsa  va  hodisalar  ta‟sirida 

ongda  o„rnashib  qoladigan  tasavvurlar  majmui  etakchi  o„rin  tutadi. 

Iymonning nima ekani ko„pincha yoshlar tomonidan chuqur tahlil qilinmaydi, 

tekshirilmaydi,  chunki  unda  insoniyat  tajribasi,  shaxs  e‟tiqod  qilgan  ijtimoiy 



guruhning qarashlari mujassam bo„ladi. Masalan, Olloxga iymon keltirish har 

bir  musulmon  uchun  farz  hisoblanadi.  Paygambarimiz  Muhammad 

alayhissalom Ollox taolo tarafidan keltirilgan barcha xabarlarga til bilan ikror 

etib,  dil  bilan  tasdiqlashga  iymon  deyiladi,  ya‟ni  kur‟oni  karim  va  hadisi 

shariflar  orqali  Ollox  to„g„risidagi,  jannat  va  do„zax,  kiyomat  kabi  gaybiy 

narsalar haqida berilgan xabarlarga ishonch – shariatda iymon deb yuritiladi, 

deganlar.  O„sha  hadisi  sharifda  yana  «Vatanni  sevmoq  –  iymondandir»  deb 

zikr etilgan. Bular oddiy fuqaroda shubxa uyg„otmaydigan, xalq mentalitetiga 

uning  iymoniga  aylanib  ketgan  qadriyatdirki,  ularga  ishonish  har  bir 

musulmonning  va  sog„lom  fikr  yurituvchi  insonning  burchidir.  SHuning 

uchun  ham  xalq,  vatan  xoinlarini  eng  avvalo  «iymonsizlar»  deb  la‟natlaydi 

zero,  tugilib  usgan  erni  muqaddas  bilish,  kindik  qoni  tukilgan  tuproqni 

soginish,  Vatan  ravnaqi  yo„lida  baholi  qudrat  vijdon  bilan  mehnat  qilish  – 

iymonlilik belgisidir. 

Iymon tushunchasiga faqat diniy tushuncha sifatida qarash to„g„ri emas. 

CHunki har kuni foydali bir amal, savob ish qilish, solix xulk soxibi bo„lish, 

butun insoniyat mehr- muhabbati bilan qarash, jamiyatdagi xulk me‟yorlarini 

qalban  xis  qilib,  ularni  buzmaslikka  intilish  ham  iymondandir. Agar  yoshlar 

bolalikdan  go„zal  xulklarni  egallashga  intilib  yashasa,  musulmonchilik 

odatlari, xushxulklilik tamoyillarini o„zlashtirib borishga ruhan tayyor bo„lsa, 

uni iymonli bo„lib tarbiya topyapti deyish mumkin. 

Sog„lom  dunyoqarash,  mas‟uliyat,  iymon  va  e‟tiqodni  yoshlar  ongida 

shakllantirishning  quyidagi  asosiy  ob‟ektiv  shart-sharoitlari  va  omillarini 

ajratib ko„rsatib ko„rsatish mumkin: 




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish